Har qanday holatda ham Allohning rahmatiga suyanib yashayman.Ota-onam borligi Uning rahmati,birodarlar bor Uning rahmati,qo'l-oyog'im bor Uning rahmati,qalbda iymon bor-Uning rahmati...Hayotda nimadan suyunib yashamay faqat Uning Rahmonligi tufaylidir...shunday vaziyatlar bo'ladi muammoni atrofimizda hech kim yecholmaydi,suyangan insonlarimiz ham ojiz...Ana shu holat hayotdagi eng qiyin holat bo'larkan.Shunaqa vaziyatdan chiqishimda ko'pchilik o'z maslaxatlari yordam bergan bo'lsa-da,insonlarniing ojiz qilib yaratilganini angladim.Faqat O'ziga suyanish kerak ekan,Alloh taoloning O'zi yordam bermasa hammasi bekor.Ilojsiz vaziyatda men insonlardan yordam kutib hato qilganimni tushunib yetdim.