Assalomu alaykum!
Hozirgacha forumimizda
Qur'oni karim (Alovuddin Mansur tarjimalari) va bir qancha mo'tabar diniy manbalar kiritib bo'lindi.
Imom al-Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" to'plamlarining 2 ta (1- va 3-jildlar) jildi ham forumga kiritilgan.
Shu kitoblarning 2- va 4-jildini kiritish ham boshlandi.
Sizlardan bu xayrli ishga qo'shilishingizni so'rayman.
Kimda shu kitoblar bo'lsa, men skaner qilingan variantini jo'nataman, asl kitobga qarab, tahrir qilib, so'ng forumga joylasak, inshaalloh barchamiz uchun xayrli bo'lardi.
Takliflaringini kutaman.