ba'zi tarixiy kinolarni ishlaydigan rejissyorlarga qoyil qolamanda: tarix degan fanni umuman o'qishmagan shekilli maktabda....
masalan: Alpomish yashagan yo yashamagan davr---eramizdan avval bo'masayam,sal mundayroq payt....Lekin kinosini ko'rgan bo'sayla,Boybo'ri va Boysari zakot[b/] ustida kelishmay qolishadi.....?
yoki temur haqida filmni ko'rsatishyapti---bibixonimmi (temurga tegishli qaysidir ayol) ot ustida,sochini yoyvogan, Temurga nimadir qichiq gap , nozli qarash qilib, jamoat joyida ot choptirib ketyapti??? ya v hayrane
Temur ko'rsa ,hammasini qilichi bilan chopib, kallasidan tepalikcha qilarmidi bu kinoshunoslarni.......
Dilimdagi gapni yozibsiz.
Yaqinda "Chingizxon" degan kinoni ko'pdim, dunyada ortidan vayronalar qoldirgan, madaniyatsiz bir odamni shuday ko'rsatishganki, tarixni bilmagan kishi uni jahon madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan deb o'ylay.
Ko'pchiligimiz Rameo ve Julyettani ham, shu nom bilan atalgan musiqaniham bilamiz, ko'p eshitamiz, goh-gohida telefonlarda jiringlab qolganini eshitamiz, lekin hech kim Layli va Majnun, Farhod va Shirinni eslamaydi ham. O'zlaricha Layli va Majnun kinosini suratga oloshdi, yaxshiyamki Alisher Navoi bu kino ko'rmadi yo'qsa bilmadim nima bo'lardi, beribir xafa bo'lgandir g'arib ruhi. (ruhiga fotiha oqiylik, ilojo bo'lsa, ortga surmay, hoziroq)
Ehh buyuk ustoz Mir Alisher, sen orzu qilgan millatdoshlarni ko'rmadi bu vatan, lekin umidim bor, bir kun quyosh albatta chiqadi. O'zbeging bu vatan ishqida Majnundek yonib, dini islom yo'lida Farhoddek xizmat qiladi. Hali "Saddi Iskandriy" hayoldan hayotga ko'chib O'zbeging dovrig'ni Sabbayi sayyorga yoyadi. Inshalloh.