Assalomu alaykum forumimizning aziz muxlislari!
Bugungi bu mavzudagi tortishuvlarni ko'rib, achinib ketdim.
Nahot shunday pastkashliklarga borilsa... Bir-birimizga hurmat, izzat qayerda qoldi?...
Forumdan maqsadimiz bu emasdi-ku...
Axir hammamiz birodarmiz-ku. Nahot birodarlar bir-birini shu darajada hurmatsiz qilsa...
Xafa bo'lmaysizlar, bu mavzudagi hamma postlarni o'chirib yubordim...
Bugun vaqtim bo'lmay kira olmagandim. Bo'lmasa, allaqachon mavzuni yopib qo'yardim. Ma'zur tutasizlar.
Har qanday orani buzishga harakatlar, fitnaga sabab bo'luchi postlar o'chiriladi va mualliflari ban qilinadi.
Hammangizga Allohning salomi, rahmati va mag'firatini tilayman. Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Endi bundan buyog'iga Alloh uchun bir-birimizni yaxshi ko'raylik, hurmat qilaylik.
Shundagina asosiy maqsadimizga erishamiz.