Assalomu aleykum
Ziyouz haqidagi fikrlarni yozishimiz mumkin bo'lgan mavzu bor edi, o'shani qidira turib, bu mavzuga ko'zim tushdi, fikrimni bu yerda ham qoldira olaman deb, xursand bo'ldim.
Umuman olganda, forumdoshlarimga va ushbu forumni tashkil etgan kishiga minnatdorchilik bildirish uchun "qidiruvni" boshlagan edim.
Yaxshiyamki, shu forumga a'zo bo'lgan ekanman, qanchadan qancha do'stlar orttirdim, ularni hozircha faqatgina fikrlari bilan do'stlashdim, o'zlarini ko'rmadim, amma o'ylaymanki do'stlashish uchun lozim bo'lgan eng muhim ish ortda qoldi, fikrlar hamohang bo'lgandan keyin, bir ko'rishda bir necha yillik birodarlar kabi bo'lib ketamiz, inshaalloh.
Ziyouzning kamchiliklari va yutuqlari haqida gapiradigan bo'lsam, yutuqlariga yuqorida keltirilgan birgina misol ham uning naqadar katta ishlar qilayotganini ko'rsatib turibti, kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bilmadim. Dizayn va texnik kamchiliklarga aqlim yetmaydi, manaviy kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bu borada ham kamchilik yo'q. Umuman Ziyouzni O'zbekka o'xshataman, u bazan o'ylamay gapiradi, ba'zan o'ta mulohazakor, ba'zan qattiqqo'l, baz'an qalbi shavqatga to'la, ba'zan jahli chiqib post qoldiradi, ba'zan jahli chiqsada olovga cho'g' tashlamay o'tib ketadi, kamtarin, ba'zan xudbinga o'xshab ketadi, ba'zan dardiga darmon topadi, ba'zan dardi dardiga darmon bo'ladi...BUni tugatish qiyin.
O'zbegim yaxshiyamki sendan man. Ziyouz yaxshiyamki sen bilan tanishdim.
Alloh barchangizni hivzu panohida asrasin, ishlaringizga baraka bersin.