Tojik tili
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojik tili - Tojikiston, O‘zbekiston, Eronning shimoliy-sharqiy qismi, Afg‘onistonning shimoliy qismi, Turkmanistonning janubiy qismi hamda Xitoyning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, dunyoda 29 million kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili eroniy tillarining pahlaviy tili oqibatida vujudga kelgan. Melodiy 8-9 asrlarda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoda fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, forsii dariy sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. Rudakiy, Firdasiy, Xayyom, Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Jomiy, Bedil dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.
O‘zbekistonda bu til asosan Samarqand va Buxoro, qisman esa Andijon, Namangan, Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va juda kam miqdorda Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida yashovchi aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, O‘zbek tilidan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida e'tirof etiladi.