191
Abu Hanifa (r.a.) bir odamdan, u Said ibn Ubodadan (r.a.) rivoyat qiladi. Said ibn Uboda (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘min kishi qabrga qo‘yilganida uning yoniga ikki farishta keladi. U kishini o‘tirg‘izib:
deb so‘raydi. Rabbing kim?
deydi mo‘min. Alloh,
Payg‘ambaring kim?- deb so‘raydi.
Muhammad alayhissalom,- deydi u.
Dining nima?- deydi u farishta.
Islom,- deb javob beradi mo‘min.
Qabr unga kengaytiriladi. Jannatdagi joyini ko‘radi.
O’lgan kofir yoniga ham farishtalar kelishadi. Farishtalar uni o‘tirg‘izib:
Rabbing kim?- deydilar.
Eh, deydi u bir narsasini yo‘qotgan kishiga o‘xshab.bilmayman,
Payg‘ambaring kim?- deyishadi.
Eh, bilmayman,- deydi u bir narsani yo‘qotgan kabi.
Dining nima?- deyishadi.
Eh, bilmayman,- deydi u.
Qabr unga toraytiriladi. Jahannamda o‘tiradigan joyini ko‘radi. Farishta uni shunday uradiki, inson va jinlardan boshqa hamma uning faryodini eshitadi», dedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) «Imon keltirganlarni dunyo va oxirat hayotida haq so‘zda Alloh taolo sobit qiladi: Zolimlarni adashtiradi. Alloh istaganini qiladi» mazmunidagi oyatni o‘qidilar». (Ibrohim surasi, 27-oyati mazmuni)