"O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"ni tayyorlab, forumga joylash uchun umumiy qoidalar
1. Skaner qilinib, matn holiga keltirilgan fayl sizga jo'natiladi. Har bir harfni bir kishi bo'lib olyapti. A ni Shoir, Б ni Yurist, В ni Robiya oldilar. Akbar va Abdurrohman ham talabgorlardan.
2. Fayli ochib, uni avval o'qib, tahrir qilasiz. Tahrirda quyidagilarga e'tibor bering:
- avtozamena (Ctrl H) dan foydalaning, masalan ko'p joylarda ўзбек so'zi узбек tarzida ketib qolgan. Shunda siz avtozamena orqali bir necha joydagi xatolarni to'g'rilashingiz mumkin.
- bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.
- ensiklopdeya boshida keltirilgan shartli qisqartmalarni qoldiring. Masalan: б-н, ин-т, у-т, т-ра, мас.
- har bir istiloh abzatsdan ketadi.
- ensiklopediya kitobida sahifa tepasida shu sahifadagi so'z va sahifa raqami berilgan. Shuni o'chirib yuboriladi. Chunki bu yerdagi sahifa kitobnikiga to'g'ri kelmaydi.
- rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.
- jadvallarni ham kiritish shart emas. Ularni ham o'chirib, faqat matn bor joyni qoldiriladi.
- ba'zi so'zlarning harflari orasida bittadan joy qolib ketgan. Ularni birlashtirish kerak. Masalan: Ф а й з и е в Т. - Файзиев Т.
- rasm yoki jadval izohiga oid fikrni ham olib tashlanadi. Masalan: 6-жадвалга qarang.
3. Sizga yuborilgan faylni Wordda tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, tayyorlarini Intellekt bo'limi tarkibidagi O'zbekiston milliy Ensiklopediyasi bo'limchasida har bir harf uchun yangi mavzu qilib joylashingiz mumkin. Shularga e'tibor bering.
- har bir istiloh alohida post qilinadi.
- agar istilohga qarang ... deya boshqa istiloh uchun ssilka berilgan bo'lsa, 1 qator tashlab shu postda boshqa istilohni ham berishingiz mumkin.
Sizga yuborilgan harfning hamma istilohlari tahrir qilingandan so'ng, menga jo'nating.
Qilayotgan xayrli ishlaringizda Allohdan madad, kuch-quvvat tilayman.