Forumdagi 3-4 ta mavzulardagi keraksiz, foydasiz va off-top bo'lgan mulohazalarni o'chirib tashladim.
Shu yuzasidan 4 userga ogophlantirish berildi:
Belleqizcha, javik_lito, ibrohim, HMF
Yana bir bor eslataman:
1. Bir-biringizni hurmat qiling. Aslo masxara qilmang. Chunki bu yerda hamma bir-biriga aka-uka, opa-singildekdir.
2. Faqatgina kerakli mulohaza qoldiring. Biron postdagi mulohaza yoqqan bo'lsa, Rahmat funksiyasidan foydalaning. "Menga bu gap yoqdi", "Fikrizga qo'shilaman" degan qisqa xabarlarni yozib o'tirish shart emas.
3. Birovning fikridan yoki asaridan, she'ridan foydalanganingizda albatta muallifini eslatib o'ting. Aks holda xuddi u gapni o'zingiz aytganingizdek, plagiatga aylanib qolasiz.
4. Biron mulohaza yozishdan avval o'ylab ko'ring, shu yozganingizdan biron kishiga foyda bormi? Agar foydasiz bo'lsa, u holda vaqtingizni isrof qilyapsiz ekan, undan ko'ra o'zingizning boshqa foydali ishlaringiz bilan shug'ullaning.