O'quv yilini ham boshlab oldik. Bu yil Grafik Dizayndan birinchi yarim yillik uchun Firmenniy stil qilarkanmiz. Ya'ni qaysidir, firma, kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi korxonani, tanlab, unga logotip chizamiz, keyin uni tasdiqlatib, vizitka, broshyura, har xil reklamalari, kalendar, futbolka, va shunga o'xshash narsalar qilishimiz kerak ekan. Shu paytgacha o'zim qilgan ishlardagi ilmiy jihatlar, asosiy e'tibor berilishi kerak bo'lgan narsalarni ko'pidan bexabar ekanman. InshaAlloh ish jarayonida, har bir atamalarga ta'rif berib, tanishtirib borishga harakat qilaman. Xullas bir hafta ichida, birorta kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotni tanlab, logotipni eskizini chizib olib borishim kerak. Forumda kimdadur shunday korxona yoki fabrikami bo'lsa, shu yerda yozib qoldiringlar, men ma'qul kelganini tanlab, ishni boshlayman...