LUTFIY
G'azallar!
Ko'zung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur, vah, ne balo ko'zi qarodur?
Ko'z ustida jon olg'uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg'an ne balodur?
Hamdarddur aytay anga holimkim,inong'ay,
Gulshandin o'shal bulbuli miskin, ki judodur.
"Bosh o'ynayinu jon berayin vasl uchun" - ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:"Yaxshi bahodur!"
Ko'p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat,
Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur.