«forum.ziyouz.com»ga xush kelibsiz. Forum Simple Machines® Forum (SMF) tizimida ishlaydi.
Forum orqali siz turli mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etishingiz, o'zingizga kerakli mavzularni o'qishingiz, o'zingiz ham ma'lumot kiritishingiz, so'rovnomalar tashkil etishingiz mumkin.
Avvalo forumning umumiy qoidalari bilan tanishib chiqing.
TAQIQLAYMIZ:
- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya, istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Biror bir shaxs bilan ittifoq tuzib, boshqalarga “hujum qilish” mumkin emas.
- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
- Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish taqiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.
TAVSIYA ETAMIZ:
- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratish maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida taqiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka rioya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.
Shuningdek, ushbu mavzu bilan ham tanishib chiqing:
Forumda ishlash qoidalari va foydalari
For more information about how to use SMF, please see the Simple Machines Documentation Wiki and check out the credits to find out who has made SMF what it is today.