Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Chet eldagi, shu jumladan Turkiyadagi O'zbeklar!

(1/21) > >>

Ansora:
Assalomu-alaykum aziz forum a'zolari, mehmonlar. Anchadan beri Turkiyadagi O'zbek qardoshlarimiz haqida yozishni o'ylab yurgan edim. Kecha Jalolbek bilan Qo'qonliklar haqida suhbat etar ekanmiz, bu mavzuda yozishga qaror berdim. Bu insonlar o'zim ko'rgan, suhbat etgan kishilardan iborat bo'lib, bazilari O'zbekistonni ko'rishga sazovor bo'ldilar, bazilari esa haliyam Vatanim, Vatanim deb ichlarida hasrat bilan yashamoqdalar. Afsus bazilari esa Ona-Vatanni ko'ra olmasdan Ollohning rahmatiga qovushdilar. Bazilari uchun balki "Vatan" shunchaki bir bezatib aytilayotgan so'zdan, hasrat esa shunchaki hissiyot to'la fikrlardan iborat bo'lishi mumkin. Bizda gap bor: "Tanasi o'zga dart bilmas". Hullas shunday ekan, Vatan hasratini o'z tanalarida yashagan insonlardan eshitaylik.

Ansora:
O'zbekiston endigina mustaqil bo'lgan yillar Horijdan kelayotgan O'zbek asilli Vatandoshlarni televizorda tez tez ko'rsatib turishardi. Hayron bo'lgandim. Hali aqlim yetmasdi bu narsalarga. Turkiyaga kelib O'zbeklarni ko'rganimda esa, hayajondan ko'zlarimdan yosh chiqib ketgan edi. Hammasining bi tarixi, bir kechmishi bor edi.

Ansora:
İstambulda o'qiganim uchun avvalambor İstambuldagi O'zbeklar bilan 3 yil oldin tanishish nasib bo'ldi. Bu yerda Chustlik yangi turmush qurgan oila bor edi. Ular bilan bordi-keldi qilib turardik. Bir kun bu oilaning farzandi tug'ildi. Qizaloqni qulluq bo'lsinga ularnikiga borgan edik, uyda mehmon bor ekan. Mehmonlar O'zbek asilli Turkiyalik er-xotin edilar. Shunday qilib horijda yashaydigan ilk O'zbek insonlar bilan tanishdim. Shavkat akamiz Qo'qondan, Munavvar kelinoyi esa Marg'ilondan ekanlar. Kelinaya o'zimizni ayollardan hech farqlari yo'q, hatto O'zbekchani ham bizga yaqin gapirar edilar. Erlari ham biz bilan juda hushmuomala gaplashdilar. Men ham o'qishga kelganligimni aytdim, ular juda hursand bo'lishdi. Hozir O'zbekiston Turkiyaga talaba jo'natmayotgan bir paytda sizga o'hshagan talabalarni ko'rish bizni ham juda hayajonlatirdi, dedilar Shavkat aka.

Ansora:
Shu kundan keyin tez tez O'zbeklar bilan ko'risha boshladik. Oradan hech qancha vaqt o'tmay Ramazon keldi. Munavvar opa İstambulda o'qiydigan O'zbeklarni olib iftorga uyga kelinglar , deb taklif qildilar. Biz ham uy ovqatlarini sog'inganimiz  uchun og'zimiz qulog'imizda ularnikiga qarab chopdik. Rostanam inson o'z millatini yonida juda bemalol bo'ladi. Buni o'sha kuni tushunib yetdim. Shavkat akani dadalari Qo'qondan qochganlarida ular 2-3 yoshlarida, Munavvar opa esa, ota-onalari Arabistonga qochganlaridan keyin Makkada tug'ilgan ekanlar.
O'sha kungi iftor hayotimdagi eng shirin, eng hayajonli, eng mazmunli iftorlardan biri edi. Dasturxonda yo'q yo'q edi. Ovqatlar asosan o'zimizni ovqatlar bo'lib, hammasi "sevgi qoshilib" pishirilgani uchun juda lazzatli edi.

Ansora:
O'zbek talabalar 6-7, bir Qozoq, bir Chuvash dugonamiz ham bor edi. Ular ham oradan shuncha vaqt o'tishiga qaramay haliyam o'sha kungi iftorni tez tez eslab, uy egalariga duo qilib turishadi. Uy egalarining sevinchlari cheksiz, bizga to'htamay hizmat qilishar, huddi ota-onamizday boshimizda girgitton bo'lar edilar. O'sha kuni "bular rostdan ham bo'lyabdimi", deb ishonib ishonmay o'tdi. Chunki o'ylab qarang, men faqatgina yangiliklarda horijdagi O'zbeklar haqida eshitib, ko'rganman, endi bo'lsa ular bilan yuzma yuz suhbat qurayotgan edim.
Hozirgi kunda bu voqealar biz uchun unchalik tasodif emas, lekin endi Mustaqil bo'lgan paytlarimiz juda qiziqish bilan qarshilanardi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version