Assalamu alaykum.
Anas ibn Molik Rasululloh s.a.v.dan so'radi:
"-Yo Rasululloh! Qo'limda bir burda nonim bo'lsa, shuni sadaqa qilganim yaxshimi, yoki 100 rakat nafl namoz o'qiganim yaxshimi?
- Bir burda non sadaqa qilganingiz afzal.
- Yo Rasululloh bir tishlam harom luqma kelganda nari qilganim afzalmi, yoki 1000 rakat nafl namoz o'qiganim yaxshimi?
- Bir tishlam harom luqmani nari qilganingiz 1000 rakat nafl namoz o'qiganingizdan afzaldir.
- Yo Rasululloh! 2000 rakat nafl namoz o'qiganim yaxshimi, yoki g'iybatni nari qilganim yaxshimi?
- G'iybatni tark qilishingiz 2000, 10000 rakat nafl namoz o'qigandan afzal.
- Yo Rasululloh! Bir beva qarovsiz qari, tul xotinning mashaqqatini yengil qilib yordam berganim yaxshimi? Yoki 10000 nafl namoz yaxshimi?
- 10000 rakat nafl namozdan shu qarovsiz qari xotinni xizmatini qilishingiz yaxshiroqdir.
- Yo Rasululloh! Oilam bilan 1 soat o'tirganim yaxshimi, yoki masjidda 1 oy e'tikof o'tirganim yaxshimi?
- Ey Anas oilangiz bilan 1 soat o'tirishingiz, mening masjidimda e'tikof o'tirishingizdan afzal.
- Yo Rasululloh! Oilamga pul sarf qilganim afzalmi, yoki Allohni yo'lidagi nafl ibodatga sarf qilganim afzalmi?
- Kishini Allohni omonat qilib qo'ygan oilasiga sarf qilgan 1 dinori, Allohni yo'lida 1000 dinor sadaqa qilgandan afzaldir.
- Yo Rasululloh ota-onamga yaxshilik qilganim afzalmi, yoki 1000 yil ibodat qilganim afzalmi?
- Ota-onaga yaxshilik qilishlik million yillik ibodatdan afzaldir."