Muxlis Namangoniy*
ASSALOM, MOHI MUBORAK!
Assalom, ey mohi oliy qadru qiymat, assalom,
Assalom, ey manbai judu
2 karomat, assalom,
Assalom, ey boisi xayru saxovat, assalom,
Assalom, ey mohi pur lutfu latofat, assalom,
Bizni shod etting kelib, ey mohi bahjat
3, assalom!
Intizor erduk yo’lingda, ey mahi rahmatnamo,
Xush kelibsan, xoki poying diydam uzra to’tiyo,
Sen erursan kulli ummatga merosi Mustafo,
Hurmatingdin osiylarni mag’firat aylar Xudo,
Sen kelib, olamni qilding g’arqi rahmat, assalom!
El ichinda garchi mahsan, martabang kundin ziyod,
Kelganingda kull
4 maloiklar qilurlar xayrbod,
Yilda bir olam eliga ko’b yetar sandin murod,
Necha mufsidlar boshidin aylading daf’i fasod,
Yer yuzin pok aylading, bo’lgil salomat, assalom!
Kelganingdin shukri lillah, shod bo’ldi xosu om,
Masjid ichra bo’ldi mo’’minlar hama sohib qiyom,
Ham xuzu’u
5 ham xushu’u
6, ham qilib xatmi kalom,
Ne’mati bisyorni iysor
7 etarlar vaqti shom,
Qaysi mahda bor muncha xayru barkat
8 assalom!
Ahmadi mursal ayog’in bo’sa qilg’on mohsan,
Nav arusi shab, falakda sohibi xirgohsan,
Odatulloh bu erurki, gah to’la, gah ko’tohsan,
Ramzi «Van shaqqal qamar»ning
9 sirridin ogohsan,
Tozadan har shab kiyib egnida xil’at, assalom!
*Muxlis Namangoniyning tug’ilgan yili va vafoti haqida aniq ma’lumot yo’q. Namanganda tavallud topgan, Buxoroda tahsil olgan. Amir Nasrulloh davrida Labi Hovuz devonbegi maydonida va’z aytgan. «Tuhfatul obidin» («Obidlar tuhfasi») muallifi Obid Namangoniy Muxlis Namangoniy xususida Qori Isomiddin Voizdan eshitganlarini shunday yozadi: «Nomini Mulla Muhammadyor debdir. Kichikroq bir devoni bor bo’lib, adabiy qoidalardan yiroq muxammaslari qasida shaklida xotima bo’lib ketadir. So’fiyona she’rlari ko’pdir. Buxoro shahrini ko’p madh etadir» (Po’lat Qayumov. «Tazkirai Qayumiy», 3-jild, 614-bet). Mazkur muxammas ham «Tuhfat ul-obidin» kitobidan olindi (Toshkent, 1915, 90-91 betlar).
2 Jud — in’om, ehson, saxiylik.
3 Bahjat — shodlik, xursandchilik, zavqu shavq.
4 Kull — barcha, jumla.
5 Xuzu’ — kamtarlik, o’zini xor tutish.
6 Xushu’ — xokisorlik, o’zni past tutib yolvorish.
7 Iysor — ehson, bag’ishlash.
8 Barkat — barakat, baraka.
9 «Van shaqqal qamar» - Muhammad alayhissalomning oyni ikkiga bo’lgan mo’’jizalariga ishora (Qur’on, 84:1)