SADAQA
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
- Ey Ali! Alloh taoloning valiy qullari uning rahmati va rizvoniga faqat badan bilan ibodat qilganlari uchun erishganlari yo‘q. Balki ilohiy rahmat va rizvonga saxiylik va dunyoga rag‘batsizlik bilan yetishdilar40.
Saxiy Alloh taologa, Uning rahmatiga yaqin, azobidan uzoq kishidir. Xasis Alloh taolodan, Uning rahmatidan uzoq, azobiga yaqin kishidir41.
Jannat eshigi ustida quyidagi yozuvni ko‘rdim: "Sen xasisga, ota-onasiga oq bo‘lgang‘a va gap tashuvchi kimsaga harom qilinding"42.
Alloh taolo jannatni yaratgach, jannat so‘radi:
- Meni nega yaratding? Alloh aytdi:
- Seni saxiy va muttaqiylar uchun yaratdim.
- Rozi bo‘ldim, - dedi jannat43. Jahannam so‘radi:
- Meni nega yaratding? Alloh taolo aytdi:
- Xasis va kibrlilar uchun yaratdim. Jahannam dedi:
- Ularning hisobini qilaman44. Nafsining xohishiga qarshi bo‘lganning joyi jannatdir. Nafs xohishiga itoat qilganning joyi jahannamdir45.
Saxiyning qarg‘ishiga uchrama! Saxiyning oyog‘i toysa, Alloh taolo uni to‘g‘rilaydi .
Musulmonga ochiq ko‘ngil bilan taom bergan kishiga, Alloh taolo ming-ming savob yozadi, ming-ming gunohini o‘chiradi va darajasini ming barobar ko‘taradi47.
O’zingga yaxshi ko‘rganingni (ravo ko‘rganingni) birodaring uchun ham yaxshi ko‘r (ravo ko‘r)48.
Yaxshilikni chehrasi ochiq kishilardan izla49. Mehmonga izzat-ikrom ko‘rsat. Mehmon o‘z rizqi bilan birga keladi va xonadon ahlining gunohlarini olib ketadi50.
Rahmat Farishtalari but va sanamlar bor uylarga51, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsalar bor joyga52 va hech mehmon kelmaydigan xonadonlarga kirmaydilar53.
Safalachi bo‘lsa hamki, yaxshilikni buyur54-55.
- Safala kim, ey Allohning rasuli? — deya so‘radilar Hazrati Ali roziyallohu anhu.
Rasuli Akram (s.a.v.) aytdilar:
- Va’z qilib, unga o‘zi amal etmagan, ogohlantirib, o‘zi saqlanmagan, o‘z gapirganlariga, unga gapirganga ham parvo qilmagan kimsadir56.
Yashirin berilgan sadaqa Rabbingning g‘azabini so‘ndiradi57, baraka va mo‘l rizq boisi bo‘ladi58. Sadaqani erta tongda ber. Baloni yerga tushmay qaytaradi59.
Sadaqani mulkning eng yaxshi narsalaridan ber60.
Haloldan qilingan bir luqma sadaqa haromdan qilingan ming misqol sadaqadan Allohga sevimlidir61.
O’lmasdan oldin bergan bir misqol sadaqang o‘lganingdan keyin beriladigan ming misqol sadaqangdan afzal62. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
"(Ey Makka kofirlari), darhaqiqat biz sizlarni yaqin(da voqe bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U KUNda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur"¦" (Naba’ surasi, 40-oyat)63.
O’lganlaringga sadaqa savobini hadya qil64. Alloh taolo tiriklarning sadaqalari savobini o‘liklarga yetkazuvchi farishtalar tayin qilgan. O’liklar sadaqadan dunyoda sevinganlaridan ziyoda sevinadilar65 va bunday deb duo qiladilar: "Allohummag‘fir liman navvara qabrana va bashshirhu bil jannati kama bashshara nabiyyuna"66.
Ey Ali! Allohga xolis amal qil67, Alloh jalla jalaluhu faqat O’ziga xolis qilingan amalni qabul etadi68. Alloh taolo aytadiki:
"Bas kim Parvardigoriga ro‘baro‘ kelishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin. Va Parvardigoriga bandalikda biron kimsani (unga) sherik qilmasin! (ya’ni barcha amallarini adg‘kz Alloh uchun qilsin)" (Qahf, 110-oyat) 69.