J: Bir kuni ishdan qaytayotib qornim siqib og'rib qoldi. Yurishga ham biroz qiynalib qoldim. Qirnim judayam og'rir, boshim ham aylanardi. Shu payt o'ylab qoldim, hozir o'z shahrimda, uyimda bo'lganimdami, onajonim asal choy qilib, qornimni bog'lab qo'yardilar. Bunaqa azob chekmasdim. Mashaallah, onamni o'ylashim bilan, mani qiynayotgan darddan asar ham qolmadi. Biroz oldin hatto yurishga ham qo'ymayotgan dard qanday yo'q bo'lganiga hayron qoldim...
S: Onajoningizni qachon judayam xursand qilgansiz? O'shanda qanday voqea yuz bergandi?