saraton07:
Ko'z oldingizda haqsizlikni ko'rganingizda unga munosib javob bera olasizmi?
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Aziz(a)lar.
Ajoyib savol beribsiz ,raxmat.
Bilasizmi, yaxshilik va yovuzlik tushunchalari borki,ular o'rtasida shavqatsiz kurash to qiyomat davom etadi.
Tabiiyki,yovuzlik hamisha yaxshilikning poyiga bolta urish bilan ovora.
Parvardigori Olamning qonun qoidali yaxshilikka xizmat qilishga buyurishdir.
Shunday ekan,dilida Ollohning Kalomi ozgina bo'lsada nurlanib turgan har bir inson, yaxshilik uchun kurashishi farz.
Haqsizlik esa- yovuzlikning bir a'zosi.U har xil ko'rinishda ro'baro' bo'ladi albatta.
Bu jirkanchlikka qarshi imkonim boricha kurashaman,Olloh qodir qilgancha,albatta.
Ko'z yumib ketmayman.Hech bo'lmaganda,o'z vaqtida bo'lmasada,biroz keyinroq bo'lsada zarba berishga intilaman.Ollohdan tilaymanki,hech qachon haqsizlikning qo'li ustun kelmasin.
Xullas,javobim shuki, gohida munosib,gohida nomunosib javob beraman.Chin dildan aytyapman buni.
Hammaga haqsizlikka qarshi kurashishda Tangrimdan quvvat tilayman.
Olloh yagona Iloh,Muhammad s.a.v. so'nggi payg'ambar.
Ollohu Akbar.