Bozor iqtisodi
Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo’lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan gullatib qo’ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman.
Omadini bersin! Bu — bozor iqtisodi!
Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga yetkazishini bilmay rangi sarg’ayib yurgan injener bugun qo’shma korxona ochsa-yu, nest-nobud bo’lib yotgan mevalardan sharbat olib boyib ketsa, yana quvonaman.
Qandini ursine! Bu-bozor iqtisodi!
Kecha katalakdek xonaga tiqilib, "œeskilik sarqiti" —beshik va sandiq yasagani uchun nalugchidan baloga qolib yurgan hunarmand bugun kattakon sex ochsa-yu, rohatini ko’rsa, tag’in bir bor quvonaman.
Baraka topsin! Bu bozor iqtisodi!
Kecha alifni kaltak deyolmay o’qituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat "œxudosizlar jamiyati"da qo’nim topgan notavon bola bugun "œbiznesmen"bo’lsa-yu, xususiy samolyot sotib olsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi.
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning iste’dodli shogirdi bugun ilmini tashlab, tadbirkorga aylansa-yu, papkasiga "œdelavoy shartnoma" solib, zipillab yursa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun o’sha dostoniga qalam haqi olsa-yu, puli mashinka haqiga yetmasa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bo’lib qolgan chalasavod "œhofiz" bugun "œotarma-otar" yursa-yu, "œYaguar" mashinasida kataysa qilsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha bitta rostga bitta yolg’on qo’shmasakuni o’tmagan eshak bozorining daloli bugun "œzamonaviy broker"ga aylansa-yu, uch qavatli "œdacha" solsa, hayron qolmayman.bu ham bozor iqtisodi!
Ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini to’plab "œamri-ma’ruf" qilsa-yu, unga dashnom bergan o’qituvchisi choy tashib yursa, hayratlanmay iloj yo’q!
O’sha o’qituvchi ertasiga maktabni tashlasa-yu, "œIppadrom"ga chiqib sigaret sotsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim, bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun ma’yuslanib bekatda tursa-yu, "œkontrakt" bilan o’qishga kirgan birinchi kurs talabasi "œinomarka"sida unga loy sachratib o’tsa, hayratlanmay ilojim yo’q.
Olim shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib, uyiga piyoda ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha eshak bozorida dalllollik qilgan "œzamonaviy broker" bugun uch qavatli dachasini "œyuvsa-yu", chalasavod "œhofiz" bir soat "œhangragani" uchun boshidan dasta-dasta "œko’ki" dan sochsalar"¦
Davraning bir burchida o’tirgan shoir yurak qoni bilan yozgan g’azallari tuproqqa qorishganidan ko’ngli o’ksib izdihomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
O’sha davraning yana bir burchida xuddi shu "œhofiz"ni bir tiyin ta’masiz davolagan do’xtir ham o’tirgan bo’lsa-yu, "œotarchi" unga ko’zi tushib "œiya, sizam shu yerdamisiz, doxtir?" deb piching qilsa"¦
Do’xtir esa, "œertadan boshlab o’likdan kafanlik tilaganim bo’lsin!" deb qasam ichsa"¦
Hayratlanmay ilojim yo’q!
Bunaqa bozorga o’t tushib, alangasi osmonga chiqsin!!
(O'.Xoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar"idan)