Bomdod namozida qunut duosini o‘qishning nasx qilinishi
112 -113-hadis
Hammod va Atiyyaning birinchi hadisini Ibn Xusrav, Talha, va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.
Atiyyaning ikkinchi hadisini esa Bazzor, Ibn Abu Shayba, Tabaroniy, Tahoviy, Hokim va Bayhaqiy keltirishgan.
«Sahihi Buxoriy»da Anasdan (r.a.) rivoyat etilgan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy (bomdod namozida. -Tarj.) Qunut duosini o‘qidilar, dinni o‘rgatishlari uchun yetmishta qorini bir qavmga yuborgan edilar», deyilgan («Uqud’ul-javohir», 1-62).
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy bomdod namozida Zakvon, Usayya va Bani Lihyon qabilalarini badduo qilib, qunut o‘qidilar», deyiladi.
Abu Dovud va Nasaiyning rivoyatlari: «Rasululloh (s.a.v.) bir oy Qunut duosini o‘qidilar, keyin esa tark etdilar» shaklidadir («Taysirul-vusul», 2-222).