Men o‘rnimdan turib, Rasulullohning oldiga bordim, boshlarini ko‘ksimga qo‘ydim va yelkalaridan ushladim. Payg‘ambar alay-hissalom deyarli hushidan ketayozgan edi. Peshonalaridan shu da-rajada ko‘p ter kuyulayotgan ediki, hech bir insonda bunaqasini ko‘rmaganman. Terlarini arta boshladim, juda yoqimli, bu dunyoda misli yo‘qxush bo‘y taraldi. Rasululloh sallallohu alayhi va-sallam o‘ziga kelganlarida dedim:
— Ota-onam, jonim va butun ahlim sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Peshonangizdan namuncha ko‘p ter toshyapti?
— Ey Oisha! Mo‘minning joni ter bilan chiqadi. Kofirning joni xuddi hayvonlarnikidek og‘zining ikkala chetidan chiqadi,- dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Biz qo‘rqib qoldik va ahlimizni chaqirdik. Yonimizga birinchi bo‘lib yetib kelgan kishi birodarim Abdurahmon bo‘ldi. Uni otam jo‘natgan ekan.
Shunday qilib, Rasululohning vafot onlarida huzurida bironta erkak kishi yo‘q edi. So‘nggi damlarida Ollohning rasuliga Jibril va Mikoil alayhissalomlar mutasaddi qilingani uchun ham Olloh taolo o‘zgalarni undan to‘sdi..
Har safar hushidan ketayotib, Rasululloh: «Rafiqul-a’lo» {ya’ni, «eng oliy rafiqim, do‘stim Ollohni istadim») derdi. Go‘yoki undan har safar istagi so‘ralayotgandek va u javob be-rayotgandek edi...Qachon so‘zlashga madori kelsa: «Namoz! Namoz!-derdilar. Albatta namozni jamoat bo‘lib ado qilar ekansiz, birligin-giz buzilmagay, mustahkam bo‘lgay».Payg‘ambar alayhissalom to so‘nggi nafaslarigacha «namoz», «namoz» deya ibodatga tavsiya etdilar» (Tabaroniy rivoyati).Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dushanba kuni choshgoh va peshin oralig‘ida dunyodan ko‘z yumdilar» (Ibn Abdulbar rivoyati).Fotima roziyallohu anho deydilar: «Dushanba kunida ni-magadir yo‘liqaman. Ollohga qasamki, ummatga yuzlangan ul-kan musibatlar doimo dushanba kuni sodir bo‘ladi»...
Oisha roziyallohu anho deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam jon taslim qilgach, odamlar sarosimaga tushishdi. Dod-faryodlar kuchaydi. Farishtalar Payg‘ambar alayhissa-lomning o‘zining kiyimiga o‘radilar. Odamlar Olloh rasulining o‘lim xususida ixtilofga borishdi. Kimlardir bu o‘limni yolg‘on-ga chiqarsa, kimlardir ancha vaqtgacha sukut sakladi. Ba’zilar so‘zlarni qorishtirib, tushunib bo‘lmaydigan darajada valdira-di. Yana ba’zilar bu voqeaga aql bilan yondoshdi. Ayrimlar o‘zini yo‘qotib, cho‘kib qoldilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anxu bu o‘limni yolg‘on deguvchi-lar jumlasidan bo‘lsa, Ali roziyallohu anhu cho‘kib qolganlar, Usmon roziyalloxu anhu sukut saklaganlar jumlasidan bo‘ldi.O’shanda Umar xalqning oldida: «Albatta, Rasululloh sal-lallohu alayhi vasallam o‘lmadi. Ulug‘ va qudratli Olloh uni batahqiq qaytaradi. Ollohning rasulini «o‘ldi» degan xayolga borayotgan munofiq kishilarining oyoq-qo‘llari albat-ta kesilajakdir. Ulug‘ va qudratli Olloh : «U sizlarga kay-tib kelguvchidir», deb Muso alayhissalomga va’da bergani kabi, Rasulullohga ham va’dasi bor» (Sanadi noma’lum).Yana bir rivoyatda keladi: «Ey insonlar! Rasululloh sal-lallohu alayxi vasallamni «o‘ldi» deyishdan tilingizni tiying-lar. Albatta u o‘lmadi. Ollohga qasamki, kimning: «Rasululloho‘ldi», deganini eshitsam mana shu qilichim bilan boshini chopaman».
Ali roziyallohu anhu uyidan tashqariga chiqmadi. Usmon roziyallohu anhu hech kimga gapirmadi, u o‘zini batamom yo‘qo-tib qo‘ygan edi. Uni ko‘lidan ushlab olib kelishdi va qo‘lidan ushlab olib ketishdi.
Shunday og‘ir vaziyatda o‘zini tutishdan birorta musulmon Abu Bakr Siddiq va Abbosga teng kelolmadi. Chunki ulug‘ va qudratli Zot bu ikkala shaxsni tavfiq va to‘rrilik ila quv-vatlantirgan edi.
Odamlar faqat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning so‘zlariga rioya qilishlari mumkin bir sharoitda hazrati Ab-bos kelib dedi: «Yolg‘iz Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam o‘lim ta’mini totdilar. U zot hayot paytla-rida ushbu oyatni aytar edilar:
«(Ey Muhammad), hech shubha yo‘qki, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib tortishursizlar» (Zumar surasi, 30-31- oyatlar).