aziz forumdoshlar men rus tilini mustaqil o'rganmoqchiman maxsus kurslarga borib o'rganishga vaqtim yetishmayapti menga qaysi dasturlar yiki adabiyotlarni tavsiya qila olasizlar
Bir vaqtlar bir akamiz rus tilini umuman bilmasdi, Toshkentda o'qiyotgani sabab rus tili juda kerak edi. O'ylab o'tirmay biznikidan 3 sinf bolalarniki bo'lgan "Russkiy yazik" kitobidan boshladi. Ham tarjimasi, ham dialog, ham bir boshdan grammatikasidan ham o'rgatadi. 3-sinfdan keyin (taxminan 20 kunda) 4-sinfni o'qiy boshladi, shunday qilib yarim yilda 7 sinf bolalari uchun "Russkiy yazik"gacha o'qib ancha o'rganib oldi. Hozir rus tilida bemalol gaplasha oladi.
Rusiy zabonlar bilan qiynalsangiz ham gaplashib turing, til o'rganishning eng yaxshi yo'li bu muloqot.
O'zingizda ham astoydil qiziqish bo'lishi kerak, shundagina tez o'rganib olishingiz mumkin.