SAKKIZINChI ASL
Simo’ bilan vajd odoblari
Simo’ning hukmini ikki bobda bayon qilurman, inshoalloh taolo. Avvalg‘i bob simo’ning mubohligi (ruxsat etilganligi) bayonida. Ikkinchi bob simo’ning halol va haromlig‘i miqdori bayonida.
Bilgilki, Haq taolo odamning ko‘nglida o‘z sirini pinhon qilibdurki, - tosh ichida olovni ping‘on qilg‘onga o‘xshash. Chunonchi temirni toshga ursa, o‘t oshkora bo‘lg‘ondek, simo’ va xush ovoz eshitmak birla odamiy dilining asrorini harakatg‘a keltirur va simo’ vaqtida insonda shuur va ixtiyor bo‘lmas.
Bas, dil gavharining ruhlar olamiga munosabati qancha kuchli bo‘lsa zavqu-shavq shunchalik ziyodadurki, hamma husnu jamol ruhlar olamidagi husnu jamolning namunasidur (ko‘rinishi, tajalliysidur). Ul ko‘ngilki, ishq va muhabbatdan bahramand va biyno (uzoqni ko‘ruvchi) dur, simo’ning asari ta’siri ziyodaroqdur. Kimning ko‘nglida Xudoi taoloyyng do‘stlig‘i va muhabbati o‘ta g‘olibroq bo‘lsa, simo’ ul kishig‘a muhimroqdur, muhabbat o‘tini tez qilur. Va kishiki, aning ko‘nglida Haq taolo do‘stligi botildur, simo’ anga zahri qotildur.
Bas, simo’ning halol va haromlig‘ida ulamolar ixtilof qilibdurlar. Axli zohir haromligiga hukm qilibdurlar.
Ammo bilgilki, simo’ning halol va haromligi ko‘ngil xoliga qarab bo‘ladur. Kishi ko‘nglida shariatda halol nimarsaning muhabbati bo‘lib, simo’ ul muhabbatni ziyoda qilsa, savob va haloldur. Va agar shariatda harom nimarsanikg‘ muhabbati bo‘lib, simo’ o‘shaning zavqi va shavqini ziyoda qilsa, harom va azoblidir. Kishining ko‘ngli bu ikki muhabbatdan tashqari tab’i lazzat olmoq uchun eshitsa, muboh (ruxsat)dur.
Bas, simo’ eshitur kishi uch qismdur: avvalkim, o‘yin va g‘aflat tariqi birla eshitur, bu ahli g‘aflatning ishidur. Dunyo va lahv (o‘yin-kulgi) va boziy birladur, munchalig‘ simo’ni harom deb bo‘lmas. Bu sabab birlaki, simo’ni ko‘ngil xushlar va ko‘ngil xushlaydurg‘on nimarsa harom emas. Masalan, ba’zi nimarsalarki, ko‘ngil xushlar va lekin haromdur. Bas, aning haromlig‘i ko‘ngil xushlagan jihatdan emas, balki aning zarari va fasodi sababdan haromdir. Chunonchi yoqimli ovozlarni ko‘ngil xushlar, harom emas. Go‘yoki ko‘k maysalarga va oqar suvga qaragandek xushdur, harom emas. Bas, xushovozni quloq eshitib badan bahramand bo‘lganidek, oqar suvga, ko‘m-ko‘k maysalarga boqib ko‘z manfaat Oltaniga o‘xshaydur. Mushki. anbardan burun hidlab bahramand bo‘lmoqg‘a va taomdan quvvati zoiqa lazzat topganga va hikmatli so‘zlardan aql surur va behjat (quvonch) hosil qilg‘onga o‘xshashdur.