Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308859 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 12:59:45

137. Amir Temur kimga Sulton Mahmud G‘aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga taqsimlab beradi?
A) Ulug‘bekka
B) Pirmuhammad Jahongirga
S) Mirzo Umar ibn Mironshohga
D) Shohruh Mirzoga

138. Quyidagi ko‘rsatilgan hududlardan qay biri Amir Temur tomonidan Ulug‘bekka suyurg‘ol qilib beriladi?
A) Farg‘ona, Tarozdan to Xo‘tangacha
B) Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga
S) Toshkent, Sayram, O‘tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha
D) Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 12:59:56

139. Farg‘ona, Tarozdan to Xo‘tangacha, ya’ni Sharqiy Turkistonning janubi-g‘arbini Amir Temur kimga suyurg‘ol qilib beradi?
A) Ulug‘bekka
B) Shohruh Mirzoga
S) Ibrohim Sultonga
D) Mirzo Umar ibn Mironshohga

140. Amir Temur saltanatida uluslarning markaziy hukumatga tobeligi nimalardan iborat edi?
A) yagona pul zarb qilinishi
B) yagona xazinaning mavjudligi
S) xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan
D) yagona qo‘shinning mavjudligi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:00:28

141. Amir Temur suyurg‘ol yerlarni kimlarga bergan?
A) mahalliy zodagonlarga
B) xizmat ko‘rsatgan amirlarga
S) yirik harbiy boshliqlarga
D) o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlarga

142. Amir Temur ichki va tashqi siyosatida asosan nimaga suyanar edi?
A) ruhoniylarga
B) qo‘shinga
S) do‘stlariga
D) mahalliy hokimlarga

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:00:36

143. Amir Temur qo‘shinning qaysi masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi?
A) zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlanganligiga
B) kasbiy mahoratiga
S) qo‘shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom
D) doimiy ravishda qo‘shin saflarini mahalliy yoshlar bilan ta’minlanib turilishiga

144. Amir Temur qo‘shini nima asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi?
A) o‘n minglik
B) o‘ntalik askariy birikmalar
S) minglik
D) yuzlik

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:00:44

145. Lashkar qanday birikmalariga bo‘lingan?
A) tuman, hazora, qo‘shun va ayl
B) yetti qism — qo‘llar
S) qo‘shun va ayl
D) manglay, burong‘or va juvong‘or

146. Ma’lumki, Amir Temur lashkari bir necha birikmalarga bo‘lingan. O‘n minglik birikma qanday nom bilan atalgan?
A) tuman
B) hazora
S) qo‘shun
D) ayl

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:00:53

147. Amir Temur lashkarining hazora birikmasi nechta askariy birikmani tashkil qilgan?
A) o‘n minglik
B) yuzlik
S) ming
D) o‘nlik

148. Amir Temur qo‘shinidagi yuzlik askariy birikmasi ifodalovchi atamani toping.
A) ayl
B) hazora
S) tuman
D) qo‘shun

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:01:18

149. Amir Temur qo‘shinidagi ayl "¦
A) o‘n minglik askariy birikmadir.
B) minglik askariy birikmadir.
S) yuzlik askariy birikmadir.
D) o‘ntalik askariy birikmadir.

150. Amir Temur qanday harbiy mansablarni ta’sis etadi?
A) tavochi, burong‘or, juvong‘or, qanbu
B) bosh hojib, xonsolar, qo‘shchi, bakovul
S) tuman og‘asi, mirihazora, qo‘shunboshi va aylboshi
D) devonbegi, harbiy vazir, dodxoh, yasovul, muhassil

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:01:32

151. Qaysi xizmati uchun Amir Temur tomonidan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan?
A) biron qo‘shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan
B) zabt etilgan mamlakat aholisi yil davomida qo‘zg‘olon ko‘tarmagan bo‘lsa
S) zabt etilgan viloyatni obodonlashtirgan bo‘lsa
D) biron qo‘shinni yengish haqidagi taklifi amalga oshsa

152. Amir Temur davlatida askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan qaysi mansabdagi amaldorlar shug‘ullanar edi?
A) bosh hojib
B) tavochi
S) bakovul
D) qozikalon

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:01:41

153. Amir Temur qo‘shinda qattiq harbiy intizom o‘rnatadi. Har bir zobit jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkarga qanday talablar qo‘yilgan?
A) inizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo‘lishi lozim hisoblangan.
B) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan.
S) intizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, zabt etilayotgan mamlakat aholisi tilini yaxshi bilishi shart edi.
D) zabt etilgan mamalakatning moddiy madaniy obidalariga zarar yetkazmaslik

154. Amir Temur harbiy yurish paytida qo‘shin qay tartibda borardi?
A) oldinda izofa, ular orasidan xabarchilar bo‘linmasi, undan keyinroqda manglay — avangard qism borardi.
B) oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo‘linmasi, undan keyinroqda manglay — avangard qism
S) oldinda manglay — avangard, ular orasidan xabarchilar bo‘linmasi, undan keyinroqda izofa qism borardi.
D) oldinda yasovul bo‘linmasi, ular orasidan xabarchilar, undan keyinroqda qanbullar borardi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:01:50

155. Amir Temur harbiy yurish paytida manglay bilan qo‘shinning asosiy qismlari oralig‘ida nima joylashgan?
A) markaz, burong‘or va juvong‘or
B) qo‘mondonning qarorgohi va izofa
S) xabarchilar, yasovul bo‘linmasi, manglay
D) qanbullar

156. Amir Temur qo‘shinining zaxira qismlari nima deb yuritilgan?
A) qanbullar
B) juvong‘or
S) izofa
D) burong‘or

Qayd etilgan