Osmon to'la yorqin yulduzlar,
Ko'zlar esa bir sizni izlar,
Sizsiz o'tar tunu-kunduzlar,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...
O'z tuyg'ularim etgandim oshkor,
Uyg'onar deb yuragingiz tubida xislar,
Naxot bu tuy'gular bexuda bekor,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...
Yuragingiz ekan tosh-muzlar,
Parvonadir sizga ko'p qizlar,
Ulardan azizroq bo'la olmadim,
Shuning chun Begona bo'ldikmi bizlar.
Xamon yo'lingizda intizor ko'zim,
Qalbimga o'rnashib olgandir kuzlar,
Yig'ilib qolgandir dildagi so'zim,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar.
...