Umumiy bo'lim > Islom

Soliha ayollar! Ibrat oling!

<< < (9/10) > >>

Munira xonim:
Rasulullohga s.a.v. yuborilga hadyalar ichida Mukavkisning joriyalaridan Moriya,uning singlisi Sirin, Duldul laqabli ot, Ofir laqabli eshak va Mabur ismli bir qul ham bor edi.
Moriyaning otasi Sham'un misrlik qibtiylardan bo'lib,onasi Rum aslzodalaridan edi. Moriya oqtanli,jingalak sochli edi. Unig tana oqligi onasidan,sochini jingalakligi esa otasidan o'tgan bo'lib,o'zi go'zal yuzli va  hushqomat edi. Moriya sinlisi Sirin bilna birga Xatib r.a.himoyasida Alloh taolo unga tayyorlagan yahshilikdan habarsiz Iskandariyadan Madinaga qarab yo'lga chiqdi...
Kelgusi hayotini o'ylab yuragi siqilar, qayerga katayotganini bilmasdi. Xatib r.a. uni qiynayotgan savollarga javob topishga harakat qilar, unga tasalli berardi.Moriya Islom dini haqida Xatibdan r.a. eshitib  Alloh taologa iymon keltirdi. Singlisi Sirin ham iymon keltirib musulmon bo'ldi. Lekin Mabur  Madinaga kelib, Rasulullohni s.a.v. ko'rmagunicha iymon keltirmadi.

Karvon Madinaga kirib keldi. Xatib r.a. Mukavkisning hadyalarini Rasulullohga s.a.v. topshirdi. Moriya Rasulullohdan s.a.v. ko'p marhamatlar ko'rdi. Uni o'zlariga joriya qilib,Madinaning Oliya degan chekka mahallasidan joy ajratib berdilar.

Munira xonim:
Hijriy  8-yilning ilk oylarida Moriyaning homiladorligi ma'lum bo'ldi. Rasululloh s.a.v. endi undan tez-tez habar olib turadigan bo'ldilar. Oy-kuni to'lib Moriya o'g'il ko'rdi. Rasululloh s.a.v. juda hursand bo'ldilar. Chaqaloqqa Ibvrohim deb ism qo'ydilar. Suyunchisiga bir qulni ozod qildilar. Chaqaloqni emizish Munzir ibn Zayd ibn Najjorning qizi Ummu Burdaga topshirildi. Rasululloh s.a.v. Ibrohimni juda sevardilar. Qayerga borsalar ham uni quchoqlarida ko'tarib yurar, hatto boshqa zavjalarining oldiga ham olib kirardilar. Ibrohimni ularga yaqin titib, erkalatib:"Qarang...Uni huddi mandan olingan bir parchaga o'hshatmaysizmi?-der edilar. Ibrohimning tug'ilishi onasi Hazrati Moriyaning r.a. ozod bo'lishiga sabab bo'ldi. Rasululloh s.a.v:"Uni o'g'il ozod qildi..."deya marhamat qilganlar.

Chaqaloqning tug'ilishi mo'minlar onalarining ba'zilarida rashk tuyg'usining kuchayishiga sabab bo'ldi. Ohir oqibat Rasululloh s.a.v:"Moriyani nafsimga harom qildim"- deyishgacha bordilar. Moriya esa bu so'zdan ranjimadi, aksincha sabr qildi. Shunda Alloh taoloning ushbu oyatlari nozil boldi:"Ey, payg'ambar, nega siz juftlaringiz roziligini istab, Alloh sizga halol qilgan narsani (O'zingizga)harom qilib olursiz?!Alloh mag'firatli, mehribondir".(Tahrim surasi, 1-oyat)

Munira xonim:
Tasalli,umid va sevinch bulog'i bo'lgan Ibrohim Hazrati Moriyaning bag'rida 16oy yashadi. Bir yarim yoshli jajji Ibrohim yomon bir dardga chalindi. Onasi Moriya va holasi Sirin uni mehr bilan parvarish qilishdi. lekin undan dard chekinmadi. Nihoyat, yuzida o'lim ko'lankasi paydo bo'ldi. Rasululloh s.a.v. juda qayg'urdilar. Avval his qilmaganlari bir siqinti yuraklarini og'ritdi. Behol bo'lishlariga qaramay ashobdan biriga suyanib Moriyaning uyiga bordilar. Ibrohim yig'layotgan Moriyaning bag'rida so'nggi nafaslarini olayotgan edi. Rasululloh s.a.v. uni qo'llariga oldilar. Qalblarini tinchlantirish uchun uni bag'rilariga bosdilar. "Ey, Ibrohim, biz sening Alloh taolo huzuriga ketishingga qarshilik qilolmaymiz", dedilar va muborak ko'zalridan yoshlar oqib yuzlarini yuvdi. Moriya o'zini tutolmay faryod chekdi. Nabiy s.a.v. uni to'htatmadilar. Quchoqlaridagi jigarporalariga qaradilar, u unsiz va harakatsiz yotardi. Nabiy s.a.v:"Ey, Ibrohim,agar bu haqiqiy ish, to'g'ri va'da bo'lmaganida va bizdan keyin kleganlar oldin ketganlardan o'rnak olmagnida edi, senga bundan ham alamliroq shaklda qayg'urar edik", deya marhamat qildilar. Bu so'zlar bechora Moriyaga bir oz tasalli bo'ldi. U yoshlarini artdi va shunday dedi:"Ko'z qaynoq yosh oqizadi, qalb qayg'uradi,lekin biz Alloh taoloni hushnud etadigan so'zdan boshqasini aytmaymiz. Ey, Ibrohim, biz sening o'limingdan chindan ham juda-juda qayg'urdik".
Baqi' qabristoniga bordilar. Rasululloh s.a.v. janoza namozini o'qidilar va Ibrohimni ham shu yerga dafn qildilar. Rasululloh s.a.v. bir necha fursat qabr ustida turdilar va bo'g'zilaridan chiqayotgan so'zlarni ko'zlarida yosh ila zo'rg'a talqin qildilar:"Rabbim Alloh, otam Rasululloh, dinim Islom..."degin...

Munira xonim:
Vafotlari.

Rasululloh s.a.v. Rafiqi A'loga ketganlaridan so'ng, halifalar Hazrati Moriyaning r.a. mavqeyini saqlab, unga Baytulmoldan maosh ajratib berdilar. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar r.a. Nabiyga s.a.v. bo'lgan sadoqatlari tufayli uni e'zoz qilishar va hol-ahvolini so'rab borib turishar edi.

Hazrati Moriya r.a. hijratning 16-yili kasalikka chalinib, shifo topmay, ohiri jon taslim qildi. Halifa Hazrati Umar r.a. janozalarini o'qidilar. Moriyani r.a. Baqi' qabristoniga dafn qildilar. Alloh taolo unga cheksiz rhamat ehson qilsin, undan rozi bo'slin.Amiyn.

sita:

--- Iqtibos: nargiza  21 Avgust 2006, 11:12:49 ---
--- Iqtibos: Laylo  21 Avgust 2006, 07:54:30 ---Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!

--- End quote ---

Va alaykum assalam,Laylo!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Alloh taolo hammamizni Ulug' Kunda
Saodat asri ayollari qatorida qilsin!

--- End quote ---
ameennn ....

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version