U mavzuda joylaganlarimni hech birini men to'qimaganman. Lekin siz savolingiz bering, bilganlardan so'rab beraman nasib bo'lsa:)
Lekin bu borada nazariy bilimingiz boro'tgan yili to'qish kursiga borgan paytim to'qigandim.
Demak, to'qiyotgan nimchamga 70 ta petlya olib, tagida rezinka guli sakkizlik (vosmyorka), har gulida 6 tadan petlya+2 tadan teskaridan 8 ta o'rama qilib to'qiyotgandim, chamamda 1.5 yosh o'g'limga to'g'ri kelishi kerak edi. Bitgandan keyin 20 sm bo'lib qoldi. Sakkizlik guli ipni "yeb qo'yadimi" ? Yoki tortib to'qilsa torayib ketadimi, rezinkani hisobigami?
Usta to'quvchilardan ham yordam so'rardim, oldindan rahmat!
Sirim xonim, savollaringizga javob bera olishim uchun avvalo shu savollarga javob bersangiz.
1. Siz nimchani qanday ipdan to'qiyabsiz?
2. Spitsangizni nomeri qanaqa?
3. To'qiy boshlagan nimchangizni rasmini joylay olasizmi?
Chunki ko'rmasdan bir narsa deyish qiyin.
Odatda tortib qo'qiganingizda aytganingizday tor bo'ladi. Lekin siz nimchani necha bo'lakdan iborat to'qiyabsiz? Petlyani sanog'i shunga ham bog'liq chunki. Men 2 bo'lak alohdia to'qib keyin bir-biriga uladim.