Agar g‘azab itini o‘z farmoningda adab birla tutsang, senda sabr sifati va kishining og‘irini ko‘tarmak va avf va shijoat va xushxo‘yluq va saxovat sifatlari paydo bo‘lg‘usidur. Shaytonkim, ani ishi shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini o‘rnidan qo‘zg‘ab, ularni daler aylab, hiyla va makr o‘rgatmoqlikdur. Bas, shaytonning itoatida bo‘lsang, senda yaxshi amaldin qochmoq va xiyonat sifati va haqni botilga alishtirmoq, ko‘z bo‘yash va xalqqa firib bermoq va haq ishni yopmoq va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidir. Va yo yaxshi sifatkim senda mavjuddur, boqiyot, solihot jumlasidan bo‘lg‘ungdur.
Va saodat tuxmini qo‘lg‘a kelturgaysen. Va ul fe’llarkim, aningdan yomon sifatlar paydo bo‘lur, ani ma’siyat atarlar. Va ul fe’llarki, aningdin yaxshi sifatlar paydo bo‘lur, ani toat atarlar. (Yomon fe’llar muhlikot - halok etuvchi, yaxshi fe’llar munjiyot - najotga eltuvchidir. - M.M.)
Odamiyni o‘tirmak va turmagi bu ikki holdin tashqari emasdur. Bas odamning dili oyinai ravshanga o‘xshashdur. Va yomon sifatlardur, zulmatga o‘xsharkim, vaqtiki oyinai dilga zang yetsa, ichi qoralik va torlik qilur, toki qiyomat kuni hazrati parvardigori olam jamoli bokamolini ko‘rolmas. Bu baxtdan mahrum bo‘lg‘usidur.