Janoza namozi—
Janoza namozi qanaqa namozdir?— Mayyit, ya’ni o’lik uchun o’qiladigan namozdir.
—
Janoza namozi farzmi, vojibmi?— Farzi kifoyadir. Shu tariqaki, bir mayyitga mahalla jamoasidan bir kishi o’qisa, kifoya qiladi, boshqa kishilardan soqit bo’ladi. Ular o’qimaganlari sababli gunohkor bo’lmaydilar. Agar hech bir kishi o’qimasa, gunohkor bo’ladilar. Qancha kishi o’qisa, o’qiganlarning har qaysisi savobga ega bo’ladilar.
—
Janoza namozining shartlari nechta?— Sakkiztadir:
1) tahoratli bo’lish;
2) badanning pok bo’lishi;
3) libosning pok bo’lishi;
4) oyoq tarafi pok bo’lishi;
5) avratni bekitish;
6) qiblaga qarab turish;
7) niyat qilish;
mayyit yuvilgan bo’lishi (mayyit zulm bilan o’lib, shahid bo’lgan bo’lsa, yuvilmagan holicha janoza o’qiladi).
—
Janoza necha rakatdir?— Janoza namozida rakat yo’q. To’rt takbir bilan tamom bo’ladi. Ushbu to’rt takbir to’rt rakat hukmidadir. Janoza namozida ruku’, sajda, qa’da qilinmaydi, qiyomda turgan holda tamom qilinadi.
—
Janoza namozi qanday o’qiladi?— «Ushbu mayyit uchun janoza namozini o’qishni niyat qildim. Oldda turgan imomga ergashdim. Xolis Alloh taolo uchun. Allohu akbar», deb quloq yumshog’iga qo’l barmog’ini yetkazadi. So’ngra qo’llarni bog’lab Sano o’qiydi. Sano o’qigandan so’ng qo’llari bog’langan holida ikkinchi marta takbir aytadi va salovot o’qiydi. Salovotdan keyin uchinchi takbirni aytadi. So’ngra mayyit balog’atga yetgan ulug’ kishi bo’lsa, ushbu duoni o’qiydi:
«
Allohummag’firli hayyina va mayyitina va shahidina va g’oyibina va sag’irina va kabirina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna fahyihi ‘alal Islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman, bi rohmatika ya arhamar rohimin». Ya’ni: «Yo Rabb, bizlarning tiriklarimizni, o’liklarimizni, hozirlarimizni, yo’qlarimizni va kichiklarimizni va ulug’larimizni, erkaklarimizni va xotinlarimizni mag’firat qilgin. Yo Rabb, bizlardan kimlarga tiriklik bersang, Islom dini ustida turg’izgin va bizlardan kimni vafot qildirsang, imon ustida vafot qildirgin».
Agar mayyit yosh bola bo’lsa, ushbu duo o’qiladi:
«
Allohumma ij’alhu lana Faroton vaj’alhu ajron zuhron vaj’alhu lana shafian va mushaffi’an». Ya’ni: «Va bizlar uchun shafoat qiluvchi qilgin».
Ushbu duolarni o’qigandan so’ng to’rtinchi takbirni aytib, qiyomda turgan holicha ikki tarafga salom beradi. Shu tariqa janoza namozi tamom bo’ladi.
—
Janoza namozi tamom bo’lgandan keyin qanday duolar qilinadi?«
Robbig’firlana va li hazal mayyiti vaftah lahu fi qobrihi. Allohumma zid ajrohu va la tuzallina ba’dahu», deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Yo Rabbim, bizlarning gunohlarimizni va ushbu mayyitning gunohini avf qilgin, unga qabrida kenglik bergin. Ey Alloh, ushbu mayyitning ajrini ziyoda qilgin va bizlarni zalolatga tashlamagin».
—
Janoza namozida qatnashayotgan kishi takbirlarni aytayotgan chog’da boshini bir oz ko’taradimi?— Yo’q, ko’tarmaydi.
—
Janoza namozi o’qilganda mayyit qaerda bo’ladi?— Janoza namozi o’qiyotganlarning oldida — Qibla tarafda bo’ladi.
—
Qay tariqa qo’yiladi?— Boshi shimol tarafda, oyog’i janub tarafda, chalqanchasiga qo’yiladi.
—
Imom qaerda turadi?— Qavmdan ilgariroq, mayyitning ko’kragi to’g’risida turadi. Oradagi masofa sajda qilganda mayyitning ko’kragiga sajda qilgudek yaqin bo’lishi lozim.
—
Bir kishi janoza namozi boshlanib, biror takbir aytilgandan keyin kelib qolsa, u kishi nima qiladi?— Imomga ergashib, imom salom bergandan so’ng qolgan takbirni, salovotni, duoni qazo qilib namozni tugatadi.
—
Agar janoza boshlanib qolsa, lekin tahorati bo’lmasa, agar tahoratga mashg’ul bo’lsa, janoza namoziga yetishmaslik ehtimoli bo’lsa, nima qiladi?— Tayammum qilib janoza namozini o’qiydi.