Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267087 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 ... 270 B


siddiqa  01 May 2009, 09:23:45

AbulAziz, G_u_l_i, Siddiqa va barcha boshqa forumdoshlarga savol:
Assalamu aleykum
Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

:as:
Abdulaziz aka aytganlaridek Chustiydan ham bir so'rab ko'ring ,keyin Qur'Onni ruschasini sovg'a qiling derdim ,ko'p insonlar shu kitob orqali tafakkur qilib islomga kirganlar ,keyin do'stingizga gapiraverib bezdirib qo'ymang ,islomni kichik bo'lsada chiroyli amallar bn ko'rsating .bir borodarim ustozlari haqida aytib bergandilar ,u inson buni o'qi buni qil demas ekanlarda ,har gal o'sha inson oldida namoz o'qirkanlar ,keyinchalik bu birodarimga tasir qilib tafakkur qila boshlabdi ,bu islomga qo'yilgan ilk qadamlari bo'lgan .va duolar bn inshaAlloh u inson hidoyat toparlar .

Qayd etilgan


Muzayyana  02 May 2009, 14:14:50

sasha63 ga savol:
-Nega nomingiz bunday, islomiy yoki jilla qursa o'zbekcha emas?
Shu o'rinda bir hadisni eslatib o'tmoqchiman.
"Kim qaysi qavmning amali qilsa, yoki ularning amalini yaxshi ko'rsa, qiyomat kunida o'sha qavm kabi xashr qilinadi."
"sasha" bu manimcha nasroniy Aleksandrning qisqartmasi, shundaymi?

PS: agar savol qo'polroq chiqqan bo'lsa, oldindan uzr so'rayman.
Mo'mon mo'minning ko'zgisi hisoblanadi, Vallohi A'lam!

Qayd etilgan


Munira xonim  02 May 2009, 15:41:04

Assalamu alaykum!
Bugungi savollar hayotiy holatlar, vaziyatlar haqida.
Savollarda hayotda duch kelingan yoki bo'lishi mumkin bo'lgan tasodifiy yoxud vaziyat taqozosi bilan yuzaga keladigan holatlar so'raldi. Misollar yordamida ushbu savollarga javob berasizlare degan umiddaman.


Munira xonimga savol:

Hayotingizda yolg'on gapirishga ham majbur bo'lib qolgan paytlar bo'lganmi?

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.
Kech javob qilayotganim uchun uzr so'rayman.
Ha, bunaqa holatga tushganman.
Lekin tezda buning uchun uzr so'raganman va tan olganman.
Bunday ishga ko'p ham majbur bo'lmagan bo'lsam-da, lekin bo'lgan va faqat bir narsada yoki bir kishidan qattiq qo'rqqanim uchun sodir qilganman. Va bu qo'rquvni yengganimdan keyin va qo'rqqan kishim jahlidan tushganidan keyin hammasini tan olganman va uzr so'raganman.
Bu narsalar ancha yillar oldin bo'lgan, hozir esa qo'rqqanimdan(aksar hollarda hech kimdan va hech narsada qo'rqmayman) ham bunday gunoh qilishdan Allohdan qo'rqaman. 

Qayd etilgan


Munira xonim  02 May 2009, 15:58:03

:bsm:
:as:


Munira opa,Imlaah opaga savol:

Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?


Va alaykum assalam.
Savol uchun tashakkur.
Javobni kech berayotganim uchun uzr.

Bunday ayollarga javobim:"Sizlarni aynan, o'sha bizni qalbimizda Islom, degan qalblaringiz zang bosgan" degan bo'lardim.
Aksar hollarda, ro'mol o'ragan ayol qizlardan nimagadir hamma "IDEAL" insonni izlaydi. Lekin ular ham gunohkor banda ekanligini hehc kim o'ylab ko'rmaydi. Va hamma narsaga ishlatiladigan "BEsh barmoq barobar emas" degan maqolni, nimagadir hech kim bu sohada qo'llamaydi.
Bundan 2-3yilcha oldin menga bir qo'shnim shunday gapni aytgandi. Ya'ni, meni turmush o'rtog'im ro'mol o'raganlarni yomon ko'radi, ro'mol o'raganlar, har xil buzuq ishlarni qilarkan, o'z ko'zi bilan ko'rgan ekan, shunga yomon ko'radi", degandi. Holbuki, shu ayol bilan meni birinchi suhbatimiz edi. "Sizga o'xshab yurgan ayollar ichida siz aytayotgandek buzuqlik qilayotganlar yo'qmi? Albatta bor, lekin biz hech qachon ro'mol o'ramaganlar hammasi YOMON, degan fikrdan umuman yiroqmiz. Chunki sizni qaysidir amalingiz tufayli Alloh sizni mendan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rar. Balki sizning gunohlaringizdan meniki ko'pdir", deb javob qilgandim.
Alhamdulillahki, shu qo'shnim hozi haqiqiy Muslimalar safida. Va men uni har ko'rganimda chin baxtga erishganidan hursand bo'laman.
Ro'mol o'ragan muslimalarni uyda o'tirishiga kelsak, albatta, muslima ayol ko'proq vaqtini uyda bolalar tarbiyasida o'tkazgani afzal. Lekin unda faqat ro'mol bo'lsayu, ilm bo'lmasachi? Albatta, buning uchun u ilm o'rganishi va buning uchun ko'chaga chiqishi, soliha ayollarga aralashishi lozim. Din va Ummatning kelajagi ONAlarning qo'lida. Har birimiz shu nomga loyiq bo'lishimiz lozim.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 May 2009, 16:57:33

Musannif Adhamga savol:

Hayotingizda Islom uchun, iymon bilan yiog'lashdan tashqari, boshqa dunyoviy holat uchun yig'lagan paytingiz ham bo'lganmi?

Assalomu Alaykum.

Avvalo savolga javob kechikkani uchun uzr.

Ha, bunday holatlar yoshligimda ko'p bo'lgan. U paytda dunyo uchun yig'lash, din uchun yig'lash nima ekanligini unchalik tushunmas ekanmiz. Lekin bugun eslab ko'rsam, oxirgi marta dunyoviy holat uchun yig'laganimga 8,5 yil bo'libdi. Ya'ni 2000 yilning kech kuzida, Noyabr oyida nafsoniyatga tegadigan bir ish bo'lgandi. Shunda yig'laganman. Ayni paytda "Qornimga emas, qadrimga yig'layman", degan maqolning achchiq zahrini o'z tanamda his qilganman.

Bu qanchalik notabiiy va erkak kishi uchun gapirish qiyin bo'lsa-da, bugun savol bahona ochiq e'tirof qilishga majburman. Lekin nima voqea bo'ganini aytmayman. Chunki bu va o'z o'tmishimga tegishli bo'lgan ba'zi holatlarni eslashni yoqtirmayman. Ya'ni bo'lganini tan olaman, inkor qilmayman, lekin eslashni istamayman.

2002 yil avgustda o'qishga kirolmaganimda, juda ham yig'lagim kelgan. Lekin bu vaqtga kelganda diniy ma'lumotim ancha oshib qolgani uchun "Bundan keyin dunyo matosi uchun umuman yig'lamayman" deb o'-o'zimga so'z bermaganman. Alhamdulillah shundan keyin Alloh dunyo uchun yig'laydigan qilmadi.

Alloh hammamizni ham dunyo matosi uchun emas, O'zidan qo'rqib yig'aydiganlardan qilsin.

Qayd etilgan


Abdurauf  04 May 2009, 10:20:35

Chustiy, AbdulAziz, Munira opa, Musannif Adham ga savol:
Assalamu aleykum va rahmatullohi va barakatu mag'firlu
Yangi islom qabul qilgan odamga birinchi o'rinda iymon deyilgan, keyin o'z-o'zidan namoz o'qiydi deyishadi.  Bazilar esa Namoz o'qisang o'z-o'zidan iymon kelib chiqadi deyishadi. Lekin iymon bo'lmasdan turib Namoz o'qimasa riyoga yo'l qo'ymaydi u inson. Bu haqda do'stlarim bilan tortishib o'tirgani ko'rib qoldim. Bu haqda aniq bilmaganim uchun sizlarga savol tariqasida beryapman.
Iymon mukammal bo'lishlik uchun qanday amallar qilmoq lozim. Riyodan saqlanishlik uchun-chi?

Qayd etilgan


Shokir63  06 May 2009, 13:22:09

sasha63ga savol:

Vatan degan ko'zingizga ko'rinadigan, xayolingizda namoyon bo'ladigan birinchi narsa, tasvir qaysi?
Vatan, dedim, balki savolning tasiridadir, xayolimga ko'p narsa keldi, ularning orasida qaysini tanlamay riyoga kirib ketayotgandekman.
Vatan deganda nimani tushunasizlar degan savolni ko'rdim, javob ham yozay deb  yergandim, bir-ikki tushunchamni shu yerda qoldiray.

Vatan degani "bu"dir deb berilgan javoblar to'g'ri emas deb o'layman. Chunki bu dunyoqarashga bog'liq.

Har kim vatanidan ayri tushganda nimani sog'insa, uning uchun vatan o'sha. Masalan bir kishi onasini sog'inishi mumkin, onasi yoniga kelgach vatanini hech eslamay qo'ysa uning uchun vatani onasi.

Men ham onamni sog'indim, do'stlarimni sog'indim, masjidlarimni, minoralarimni sog'ndim. O'zbegimni so'g'indim, xalqimni sog'indim, nurli yuzlarida tabassumi kulib turgan imomlarimni sog'indim.

Men O'zbekistonimni sog'indim, yuqorida keltirganlarimga shu yerda, g'urbatta erishsam ham, bari bir sog'inaveraman, qaytib uning rivoji uchun harakat qilaman. Qo'limdan hech narsa kelmasa, rivojing uchun nima qila olaman deb o'ylab yursam ham, o'sha yerda yuray deyman.

Qo'limizdan doimo keladigan, qo'limiz va tilimizni kesib olishsada, qila oladigan bir ishimiz bor, u ham bo'lsa duo. Duo qilib yuraman hech bo'lmasa.

Bir kun keladi, bobokalanlarimizdek avlod yetishadi va dunyoga bizning kim ekanligimizni qaytatdan namoyon etadi. Boshi yuksaklarda bo'lsada, qalbi yerlarda o'zbegim, dunyoga kuchlilar qanday bo'lishi kerakligini yana ko'rsatadi.
Ortidan Imperiya qoldirgan Boburdek, millatlarga saodat yo'lini kersatgan o'zbegim, men seni sog'indim! Qanisan, qayerdasan, ayt yeringni, qidirib boray, jonimning evaziga bo'lsada boray! Allohim bizga o'zingning nazdingdagi shonimizni, shavkatimizni qaytarib bergin, biz ajdodlarimizga xiyonat qildik, bizlarga qadrimizni tiklashga imkon bergin. Sen bizlarga kuch qudrat bergin Rabbim.

Bu savolni nega menga berdingiz, men ham hamma qatori oddiy, purqusur bandaman. Vatanning nima ekanligini tushuntura oladigan salohiyat menda nima qilsin.

Qayd etilgan


Shokir63  06 May 2009, 14:00:47

AbulAziz, G_u_l_i, Siddiqa va barcha boshqa forumdoshlarga savol:
Assalamu aleykum
Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

:as:
Abdulaziz aka aytganlaridek Chustiydan ham bir so'rab ko'ring ,keyin Qur'Onni ruschasini sovg'a qiling derdim ,ko'p insonlar shu kitob orqali tafakkur qilib islomga kirganlar ,keyin do'stingizga gapiraverib bezdirib qo'ymang ,islomni kichik bo'lsada chiroyli amallar bn ko'rsating .bir borodarim ustozlari haqida aytib bergandilar ,u inson buni o'qi buni qil demas ekanlarda ,har gal o'sha inson oldida namoz o'qirkanlar ,keyinchalik bu birodarimga tasir qilib tafakkur qila boshlabdi ,bu islomga qo'yilgan ilk qadamlari bo'lgan .va duolar bn inshaAlloh u inson hidoyat toparlar .

Tez tez mehmonga chqiring, yoningizda do'stingiz ham bo'lsin. Har gal bir qadam tashlang. Uni o'ylashga majbur qiladigan savollarni do'stingiz sizga beradi, siz esa, ikkalasiga javob berasiz. Do'stlaringizni almashritib tursangiz ham bo'ladi. "Tushlikka kel, bir do'stim keladi, bahonada tanishasan", deb bahona qilasiz. sohasi bilan shug'ullanuvchi do'stlar bo'lsa-ku, nur ustiga a'lo nur.
Taomlar juda go'zal bo'lishi kerak, taom bilan bog'liq latifalar, hikmatlardan ustalik bilan foydalaning. Shoshilmang, savollarga javob berayotganda ehtiyot bo'ling, nafsoniyatga tegmasin. Ruslarni umuman yomonlamang. Sovetlarning ruslarning o'ziga, xristiyan diniga bergan zararlari haqida gapirib xristiyan diniga munosabatini o'rganing. Bolaning dunyoga, tabiatga munosabatini o'rganing. Xullas bolani fath eting, sizni sevsin, "zarba" berishga Alloh o'zi madad bersin.

Unutmang sizning xatoyingiz qimmatga tushushi mumkin. Duktorning xato qilishga haqqi yo'q deydilar, lekin sizninki mas'uliyatliroq, zero doktor faqatgina shu dunyo bilan bo'g'liq, siz boshlagan ish esa ikkala dunyo bilan ham.

qiziqarli savollar
biz qayerdan keldik, nima uchun keldik, qayerga ketamiz?
faqat uxlash, yeyish va ko'payayish uchun kelgan bo'lsak, hayvondan nima farqimiz bor?
Darvinning qilgan yangiligi insonni hayvon darajasiga, balki undan ham tubanga tushurdi deyishadi, shu to'grimi?
kabi savollarni do'stingiz sizga bersin, siz rus tilida javob bering. do'stingiz o'zbek tilida berib siz savolni rus tiliga tarjima qilib keyin javob bersangiz, tuzoq - tuzoqligini sal yashirgan bo'ladi.

Yuqoridagi gaplar - umumiy gaplar, siz o'sha bolaning shaxsiyatiga to'g'ri keladigan ishni qilishingiz kerak bo'ladi.

Alloh sizga yordam bersin.
Hurmatli forumdoshlar do'stimizga nusrat tilab duo qilishni unutmang.

Qayd etilgan


Shokir63  08 May 2009, 21:50:50

imlaahga savol:

Savollaringizning ko'pi turmush qurish va oila haqida berilgan. Sizga bir-nechta savol bermoqchiman.
1. Oilani mustahkam qiladigan omillar nimalar deb o'ylaysiz?
2. Yigit ona va umr yo'ldoshi orasidagi muvozanatni saqlashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerek deb o'ylaysiz?
3. Yigit o'ziga umr yo'ldoshi tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak.
4. "Onasini ko'rib qizini ol" ma'nosini ifodalovchi maqolga munosabatingiz.

Savol ko'p bo'lib ketgan bo'lsa uzr, sizni qayta-qayta bezovta qilmaslik uchun bira-to'la so'ray qoldim.

Qayd etilgan


imlaah  09 May 2009, 14:54:08

imlaahga savol:

Savollaringizning ko'pi turmush qurish va oila haqida berilgan. Sizga bir-nechta savol bermoqchiman.
1. Oilani mustahkam qiladigan omillar nimalar deb o'ylaysiz?
2. Yigit ona va umr yo'ldoshi orasidagi muvozanatni saqlashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerek deb o'ylaysiz?
3. Yigit o'ziga umr yo'ldoshi tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak.
4. "Onasini ko'rib qizini ol" ma'nosini ifodalovchi maqolga munosabatingiz.

Savol ko'p bo'lib ketgan bo'lsa uzr, sizni qayta-qayta bezovta qilmaslik uchun bira-to'la so'ray qoldim.

Assalamu alaykum.
Savollar to'plami uchun tashakkur.
1. Oilani mustahkam bo'lishida mening fikrimcha oila sohiblarida quyidagi sifatlar zarur .Allohdan va insonlardan hayo qila bilishlik va ishonch.
2.Yigit ona va ayoli oralaridagi muvozanatni saqlashi uchun sadoqat zarur.Sadoqat avvalo ona uchun saqlanishi kerak.Har qanday holatda har qanday sharoitda ham onalar farzandlari uchun sadoqat bilan mehr bera oladilar.Balki shu mehrda meyordan oshib ketishlariga sabab ham sadoqat sifatidan bo'lsa ajab emas.Yigit kishi oilasiga qanday munosabatda bo'lsa kelinchak ham huddi shu uslubda muomala qiladi.Yigit beparvoroq bo'lsa kelin undan ko'proq beparvo bo'lishi hayotda juda ko'p kuzatilgan.Onalarni qalbi og'rimasligi uylangan yigitlarning aka uka opa singillar bilan muomalasidagi mehr oqibatning darajasiga ham bog'liqligini unutmagan holda muomala qilishi zarur.Qaysiki ona kelichak va o'g'ildan boshqa farzandlariga nisbatan hurmatsizlik ko'rmasa va sezmasa bu yosh oilani ham behurmatlik va bemehrlikdan asrashga joni bilan harakat qiladi.Demak yigitga ona va ayolni muvozanatda bir hil muomala qila olishi uchun Onaga ko'proq va kuchliroq e'tibor lozim.O'glidan o'ziga bo'layotgan e'tiborni hech qaysi ona suistemaol qilmaydi va uni qiynamaydi.
3.Umr yoldoshi tanlashda mening fikrim yigitga ham qizga ham muhim sifatlar: Hayo,shijoat,ilm , va yigit yoki qiz ulg'aygan oilada luqmaga qay darajada e'tibor berilganini kuzatgan bo'lardim. Inshaallah bu sifatlar bilan ulg'aygan inson farzandlariga yomon hulqli ota yoki ona tanlamasligi aniqroq...
4.Bu maqolga tayanish mumkin deb o'ylayman.Har qanday qiz farzandda onalarining sifatlaridan ma'lum sifat shakllanadi.Qolaversa yosh oilani mustahkam bo'lishida onalarni alohida o'rinlari bor.

Qayd etilgan