Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267072 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 ... 270 B


Muzayyana  20 Iyun 2009, 11:31:00

Muhseena,Siddiqa, Zamirahon, Mahdiyah,Muzayyanaga savol.

Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

Assalamu alaykum.
Avvalambor uzr, ancha kech javob berayotganim, uchun.
imlaah opa sizni , yani savolingizni juda yaxshi tushundim, endi javobimni beraman...
Siz aytgan narsaga tasavvurdan emas, hayotdan, yani boshdan o'tgan desa ham bo'ladi, kelib chiqib javob bermoqchiman.
Bitta narsa muslim va muslima ota va ona hech qachon bolamga yomon bo'sin demas ekan. Ota-ona baribir bir kun kelib haq bo'lib chiqar ekan, ko'ngillarini og'ritib, hafa qilganing qolar ekan. Bilmadim Alloh mani kechirarmikan, qilganlarim uchun. Lekin umid qilaman, toki tirik ekanman umid qilaman...
Yana bir narsa, Rabboniy sevgidan boshqasi, hamma-hammasi o'tkinchi ekan. lekin buni boshida bilshang edi, boshqacha bo'lardi...
Mana ota-onamni aytganlariga amal qilyapman, aslo kam bo'layotganim yo'q, alhamdulillah. Baribir ota-ona haq ekan, har qanday masalada ham, agar ular nohaq bo'lsalarda, biz bosh egaveraylikchi, Alloh o'zi ularni qalblariga haqni solar ekan.
Turmushga chiqmagan singiljonlar va opajonlar to'g'ri islomda qiz bolani ham ra'yiga qaraladi, lekin xech qachon agar ota-ona rozi bo'lmasa, biriz ikki bo'lmas ekan. "Mani sevganim bor, o'shanga teyaman" deb ovorayam bo'mang, sababi, agar ota-onani ko'nglida ozgina hijillik qolsada, balki boshida xayot yaxshi kechar, lekin baribir bir kun kelib bu narsa o'z kuchini ko'rsatar ekan.
Mana bir yaqin orada bo'lgan voqeani aytib beraman, bir dugonam bo'lardi, hullas bir yigitni sevib qoldi, u yigit ham, yigitni tayinli ishi va ilmi bo'lmagani uchun qizni ota-onasi dugonamni unga bermaymiz deyishdi. Dugonamk ming ko'ngilhiraliklar evaziga turmush qurdi. To'ydan keyingi hayot tashqaridan qaralsa, nawq dugonam jannatda yashayotgandek, lekin uyni ichidagi hayot naq do'zaxning o'zginmasi. Turmush qurgandan keyin 1 oyni ichida 4 marta arazlab uyiga keldi, dugonam. Ohiri bumadi...Ikki oy ichida orani ochiq qilishdi...tug'ilmagan bir go'dakni nobud qilishdi...bir oila yo'q bo'ldi. Qanchadan -qancha odamlar bir-birini ko'ziga hunuk ko'rinib qoldi...
Bu sizlarga oddiygina, bittagina misol holos, bundey hollardan Alloh saqlasin.
Alloh o'zi adashtirmasin...

Qayd etilgan


Muzayyana  20 Iyun 2009, 11:36:35

siddiqa, Hadija, Munavvara, Fatima, Robiya ga savol:

-Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?

Qayd etilgan


Fatima  22 Iyun 2009, 16:15:05

siddiqa, Hadija, Munavvara, Fatima, Robiya ga savol:

-Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?

 :as:

Savol uchun tashakkur
Juda sabrsizman.

Qayd etilgan


Hadija  24 Iyun 2009, 14:28:16

siddiqa, Hadija, Munavvara, Fatima, Robiya ga savol:

-Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?
:as:
Savol uchun tashakkur.
Juda ko'p narsa: Sabr, sust ilm, bor ilmga ham amal. Shular bo'lsa InshaAlloh taqvoning ziyodalashuviga asosiy ko'makdosh bo'ladi.
Muzayyana, Robiya, Fatima, mutallimah, Munavvara, Mahdiyah, Muslima ga
Savol: Din va dunyoviy masalarlarda sizni eng ko'p qiziqtiradigan va dolzarb mavzu?

Qayd etilgan


Robiya  24 Iyun 2009, 15:12:06

-Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?

Aziz singlim, bu dunyoda yashar ekan, insonga juda ko'p narsa yetishmayotganday tuyuladi... Qishda issiqlik, yozda salqin joy,...qorni och paytida ovqat, to'qlikda uyqu va hokazo...

Men uchun yetishmayotgan narsa (ayni damda):

Sokin bir joy...

Shovqin-suronsiz, baqir-chaqirsiz,... go'sha...

Hech kim xalaqit bermasa, faqat men va xayollar, ezgu o'ylar...

Faqat men va ISLOM...

Faqat men va U. Ishqida tobora alangalanayotganim, muhabbati dilimni kuydirayotgan ALLOHim...




Qayd etilgan


Robiya  25 Iyun 2009, 15:37:44

Savol: Din va dunyoviy masalarlarda sizni eng ko'p qiziqtiradigan va dolzarb mavzu?

 :as:

Diniy masalalarda mni eng ko'p qiziqtiradigani Qur'onni ma'nolarini o'rganish (tafsir) va Payg'ambarimiz SAVning siyratlari.

Diniy masalalarda dolzarb mavzu menimcha - aqida, mazhablar (kerakmi yo'qligi haqida) borasidagi bahslar, Vallohu a'lam!

Dunyoviy masalalarda esa - kishilarni qanday qilib kayfiyatini ko'tarish, xafaqonligini yo'qotish meni qiziqtiradi :D Xobbim - kishilarni xursand qilish, xursand ko'rish...

Dunyoviy masalalarda dolzarb mavzu - tez va oson hamda muhimi ko'p pul ishlab topish shekilli ;)

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2009, 18:01:35

Munira opajonga savol:

Yurtimizdagi islomiy muhit haqida nima deysiz? Unda yoshlarning o’rni qay darajada bo’lyapti? Ijobiy va salbiy jihatlari bilan.



Assalamu alaykum.
Avvalo savolingizga kechroq javob yozayotganim uchun uzr so'rayman. Forumga anchagina tanaffusdan keyin kirdim. Aybga buyurmaysiz degan umiddaman.

Endi savolingizga kelsak.
Yurtimizdagi Islomiy muhitni ko'rib albatta inson xursand bo'lmaydi, lekin men ishonaman va duo qilaman har doim, bir kun kelib yurtmizda ham biz xohlagandek haqiqiy islomiy muhit o'rnatailadi, InshaAlloh.
Bu muhit kishini xursand qilmasa-da, muslim va muslimalarni boriga shukr. Yoshi kattalarga nisbatan yoshlarni o'rtasidagi Dinga qiziqish va eshitganiga amal qilishga harakat qilishni ko'rib kishi sevinadi.
Alloh chin musulmonlarni bundanda ko'paytirsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2009, 18:06:08

Yana Munira opajon, Imlaah opa, Diydor opajon:

Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?


Assalamu alaykum.
Alloh o'sha kunlarga ham yetkazsin.

Agar o'rtada ishonchli inson bo'lsa,ya'ni u yigitda siz sanab o'tgan sifatlar borligiga ishonchli inson guvohlik bersa va qizimni ham shunday insonga loyiq tomonlari bo'lsa, ikkilanib o'tirmay bergan bo'lardim. (Yana adasi biladila, bu shunchaki tasavvur xolos :)  )

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2009, 18:12:03

Munira xonim opajonga
Insonlarni yaxshi va yomon toifalarga ajratishishadi, sizningcha bu to'g'rimi? Islom dinimiz bunga qanday munosabatda? Yomon odamlar bormi, ularning toifalari qanday?

Assalamu alaykum.
Javob kechikkani uchun uzr so'rayman.
Har bir insonning yaxshi yoki yomon tomoni bo'ladi. Mukammal inson yo'q. Mukammal inson yer yuzida bitta bo'lgan, U Zotga Allohning salomi bo'lsin.
Mukammal inson bo'lmganidek, hamma tomoni yomon bo'lgan inson ham yo'q, ayniqsa musulmonlarni orasida.
Biz yomon deb bilgan insonlarni yaxshi taraflarini ham kimdir ko'radi va hurmat qiladi yoki aksincha.
Shuning uchun insonga baho berish insonni ishi emas.
Kim qandayligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Qalblar egasi faqat Allohdir...
Bu meni shaxsiy fikrlarim...

Qayd etilgan


Abdulloh ibn JALOL  27 Iyun 2009, 19:53:29

Munira opaga: Siz uchun forum nimalarni beradi?

Qayd etilgan