Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267085 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 ... 270 B


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 11:48:51

AbdulAziz, Chustiy, Shokir63, Muhammadiy, Ikbaljohn, JaruleUZB, Birodar, Shoir, AbdurRohman usmuzga savol:

Hozirgi paytda haqiqiy do'st bo'laoladigan insonlar bormi sizningcha?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 11:52:26

Munira opaga:

Sizningcha oldingi userlar bilan hozirgi userlar orasida farq bormi? Agar farq bo'lsa ular nimalarda nomayon bo'ladi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 11:55:23

Muslima opaga:

Alloh uchun chin do'st bo'lishi uchun yoki topish uchun insonning birinchi navbatda qaysi jihatiga e'tibor berish kerak? Bu haqda fikringiz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 19:55:49

ChehMikka:

Hozirda ko'chaga chiqishning o'zi bir muammo. Sababi zamonamiz qizlari o't yevropalashib ketgan yoki shunga taqlid yana bilmadim. Sizningcha bu holatni qanday to'g'irlash mumkin. O'shalarga qarata nima degan bo'lardiz? Bu haqda fikringiz.

Qayd etilgan


Kumush  03 Iyul 2009, 15:34:26

Afruza, Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Mutaallimah, Mahdiyah, Mashhura, Munavvara, Muzayyana, Robiya, Zamiraxon, Hadija, Kumush"¦ va boshqa qizlarga savol: 

Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Assalomu alaykum birodarim.Savol uchun tashakkur.Kishi hayotida bunaqa holat sodir bo'lishi ehtimoldan holi emas.Ehtimol qay birimizning hayotimizda sodir bo'lgandir ham.Bilasizmi inson tabiati qiziq.Kimdir sen bilan qiziqib qolsa negadir o'sha odamdan o'zingni olib qochging keladi.Agar senga befarq bo'lsa aksincha...
Agar shu holatga tushib qolsam tezroq bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilaman.Yaniy o'zimni hech nimani sezmagandek tutamanda izimni bildirmay g'oyib bo'lishga harakat qilaman.Sevib qolgudek bo'lsa(bilmadim,nima deyishga ham hayronman.To'g'risi bir ko'rishda sevib qoladigan ko'zga yaqin qiz emasman : ))

P.S:Lekin hozir shu vaziyatga tushib qolmaganimga dadil dadil javob beryapman.Bu narsa haqiqatda boshimga tushib qolsa nima qilishimni o'zim ham bilmayman.Faqat Allohimdan madadkor bo'lishini so'ray olaman holos...



Qayd etilgan


mutaallimah  03 Iyul 2009, 22:21:54

Afruza, Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Mutaallimah, Mahdiyah, Mashhura, Munavvara, Muzayyana, Robiya, Zamiraxon, Hadija, Kumush"¦ va boshqa qizlarga savol: 

Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Assalamu alaykum.
Umuman siz aytgan holat meni hayotimda bo'lishi mumkin emas bo'lgan holat..(InshaAlloh) Birinchidan ayni vaqtda avtobusdan juda ham kam hollarda foydalaniladigan diyorda yashaymiz.. Ikkinchidan niqobda bo'lganim sababli yuzim ham ko'zim ham boshqalarga ko'rinmaydi :)
Avtobusda o'qishga qatnaydigan joyda turganimda va qatnaganimda ham kiyimim shunday bo'lgani uchun bunday hollarni his etmaganman..

Qayd etilgan


siddiqa  03 Iyul 2009, 23:03:05

siddiqa, Hadija, Munavvara, Fatima, Robiya ga savol:

-Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?
TAQ'VO agar u bo'lsa har ish yengil!!!

Qayd etilgan


siddiqa  04 Iyul 2009, 07:21:40

Afruza, Siddiqa, G_u_l_i, Muhseena, Mutaallimah, Mahdiyah, Mashhura, Munavvara, Muzayyana, Robiya, Zamiraxon, Hadija, Kumush"¦ va boshqa qizlarga savol: 

Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

hech ishga hojat yo'q bu holatni o'sha holatdayam bo'magan narsa sifatida tasavvur qilaman va hotirijam holatda yo'limda davom etaman .

Qayd etilgan


Muhseena  04 Iyul 2009, 16:04:18

Muhseenaga savol: Sizningcha haqiqiy mo'mina ayol qanday bo'lishi kerak? Hozirda haqiqiy mo'mina yol deb kimlarni bilasiz?
:as:
Savol uchun tashakkur,Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta bu savolga o'z bilim darajam va tafakkurim ila javob berishga harakat qilaman.Agar kamchiliklari bo'lsa aybga buyurmagaysiz....Haqiqiy mo'mina ayol men uchun shunday zotki,unda dunyoda hech bir qiymat bilan baholab bo'lmaydigan ulug' ne'mat-iymon bor.Iymonni hech qachon pulga yoki mol-dunyo evaziga sotib ololmaymiz.Ko'ramiz kuzatamiz,Alloh taolo hamma bandasiga ham iymon bermagan.Iymon ne'mati naqadar ulug' baxt ekanini Allohga iymon keltirgan,U Zotning payg'ambarlariga,farishtalariga,kitoblariga,taqdiri azalga,jannat-do'zaxga,oxirat kuniga ishongan zotlargina anglay oladilar.Bayyina surasida Alloh taolo marhamat qilganidek:
7. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar — ana o‘shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar.
Mo'mina ayol deganda  mehribon,samimiy,Allohdan qo'rquvchi,barchaga yaxshilik tilovchi va ilmli ayol ko'z oldimga keladi.Unga har qanday sharoitimda xoh diniy xoh dunyoviy tashvishim bo'lsin tayanishim mumkin deya o'ylayman,vallohu a'lam.Har qanday holatda u menga qo'lidan kelgancha  Alloh rizoligi uchun yordam berishini bilaman.Chunki uning dili sof va pokdir .Shunday insonlar albatta oramizda bor,alhamdulillah.Mo'mina ayol sabrli,dunyo g'amlariga kuyunavermaydigan,Oxirat g'amida yuradigan inson bo'lmog'i zarur menimcha.Insonga har qanday sinovlar tushishi mumkin.U siinovlarni yengishda Islomni( Qur'on va Sunnat)ni mahkam ushlash joiz deb bilaman.Hozirgi kunda insonlarga va shaxsan o'zim ko'proq muhtoj bo'lgan narsa bu musibatlarga sabr qilishdir.Ammo Alloh taolo Kalomida doim haq gapni aytgan:
5.   Bas,  albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.
6. Albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.
(Sharh surasi)
Muslima ayol har qanday holatda sabr qila olsa,albatta,Rabbimiz bizni qo'llaydi,O'z holimizga tashlab qo'ymaydi deb o'ylayman.Bu dunyoda u boshqa ayollarga nisbatan dunyoviy rohat-farog'atni olmasa-da oxiratda albatta olajak.Chunki buni Alloh taolo vada qilgan.Yaqinda ko'chada oftobda yurib boshim og'rib,mazam bo'lmay qoldi.Nima qilishni bilmay,bir daraxtning tagiga borib dam oldim.Shu payt mayin shamol esdi,ozgina vaqtdan keyin ancha o'zimga keldim.Ayni shu vaqt Qiyomat kuni Arshning soyasi mo'minlar uchun qanchalik rohat bahsh etishini o'ylab,qalbim taskin topdi.Besh daqiqa soyada dam olganim meni holatimni yaxshilagan bo'lsada,butun umrimni  Alloh buyurgan yo'lda o'tkazishim mani abadiy hayotdagi holatimni rohatda bo'lishini  belgilar ekan.Allohdan ikki dunyo saodatiga yetkazishini so'rab qolaman.Bu dunyoda muslima ayollarga qancha tosh otishsa ham,oxiratda o'sha toshlar o'zlariga o'n chandon ko'p bo'lib qaytishiga ishonaman.

Qayd etilgan


Robiya  06 Iyul 2009, 11:26:32

Assalamu alaykum!

Savol 2 ta ekan, bo'lib javob bersam...

Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz?

Yo'l hammaniki, e'tibor qilmasdan yo'limda davom etaveraman.

Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Agar shu vaziyatda u meni sevib qolgan bo'lsa (o'zi hayotda agar degan so'zni ishlatishni yomon ko'ramanu,mayli, birodar shunday savol beribdilar,javob beraman), niyati qanaqaligiga qarab ish tutishi lozim deb o'ylayman... Endi uni niyati haqiqatda jiddiy bo'lsa, uygacha kuzatib,yashash joyimni aniqlashga kirishardi... Aks holda, darrov jonga tegib qolib (yurishni nazarda tutyapman, men shunaqa tez yuramanki :-D), qaytib ketardi...

OFF: savol qanday bo'lsa,shunday javob qilishga harakat qildim...






Qayd etilgan