Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267133 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 ... 270 B


Muhammad Amin  02 Sentyabr 2009, 00:11:37

mutaallimahga savol: Siz hayotingiz davomida o'zingiz tasavvur qilgan insonlarga ibrat bo'laoladigan, musulmon insonni uchratganmisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Sentyabr 2009, 04:41:25

Abdulaziz akaga savol: Siz bir kunda forum uchun qancha vaqt ajratasiz va umuman internet uchun?

Avvallari ko'proq vaqt ajratardim. Hozir ham, imkoniyatga qarab, kamida 1 soat ajrataman. Ba'zida 3-4 kunlab kirolmay qolgan paytlarim ham bo'ladi. Odatda sayt va forum uchun materiallarni avvaldan tayyor qilib olaman, kun bo'yi kiritish kerak bo'lgan zarur fakt va raqamlar, rejalarni bloknotga yozib qo'yaman. Internetga kirish oldidan ularni tartibga tushirib, tezda kiritib qo'yishga harakat qilaman. Lekin shunda ham forum va saytning tashkiliy ishlariga qalashib, vaqt o'tib ketib qolganini bilmay qolaman...

Qayd etilgan


Foniy  03 Sentyabr 2009, 11:29:40

 :as:
Foniy, mutaallimah ga:

Man har doim Foniy nikini ko’rsam Ar-Rohman surasining 26-27 oyatlari

كُلُّ مَنْ عَلَيْهَا فَانٍ
وَيَبْقَى وَجْهُ رَبِّكَ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ  


ya’ni "œ(Yer) yuzidagi barcha jonzot FONIYdir. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur." esimga tushaveradi.

Mastura ismini eshitsam "œhijob" oyatlari va hijob hayolimga kelaveradi.

Savol: Sizningcha insonning ismi DA’VAT bo’la oladimi? Siz uchun qaysi ism DA’VAT?

Savol uchun tashakkur!
Odamlarga qo`yilgan ismlar, agar iymon ahllari tafakkur qilishsa, Olloh  :jl: subhonahu va taologa qullikni, bandalikni, do`stlikni ifodalovchi ismlar, nabiylarning (a.s.) ismlari, payg`ambarimizning (s.a.v.) ismlari, sahobalarning (r.a.) ismlari, mo`minlik sifatlarini eslatib turuvchi ismlardan bo`lsa, ezgulikka, yaxshilikka, iymonni mustahkamlashga da'vat bo`lishi mumkin, vallohu a'lam. Ma'nolarini anglayolsam, men uchun ham.

Qayd etilgan


Muhyiddin  03 Sentyabr 2009, 11:39:10

Munira opa, IXLOS, Ikbaljohn, Uzmusga:
Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Assalomu alaykum!
Savol uchun tashakkur. Har birimizda Ramazondan qolgan o'ziga xos go’zal xotiralar bor...

Bolaligim, maktab davrlarim ko’proq buvimlarnikida o’tgan. Ramazonda og’iz ochar paytlarida
buvim rahmatlik biz nevaralariga, hali arabcha duolarni bilmaganimiz uchun, o’zbekcha duolarni o’rgatardilar.
- Hoy Farhodjon, eshit!.. — deb qo’llarini qimirlatib, o’sha duoni aytib berardilar:

Ro’za tutdim noz uchun,
Nozu ne’mat bor uchun,
Ro’zamni qabul qilsin,
Ohirat iymon uchun"¦


Biz esa ularni ortlaridan takrorlardik"¦

Buvim rahmatlik bundan 10 yilcha burun Ramazon oyida Arafa kuni bu foniy olamdan boqiy olamga rihlat qildilar. Alloh taolo ruhlarini shod qilsin"¦


Qayd etilgan


Abdusalom  03 Sentyabr 2009, 12:09:48

AbdulAziz ga savol:
Bilishimizcha musofirsiz ayni damda. "O'z uying o'lan to'shging" degan naql ham bor. O'z Yurtingiz va begona yurtlardagi xalq(insonlar) farqi?

Ha, musofirman, vale vatan ichra musofirman, ayni paytda. Boshqa yurtda musofir bo'lganimdagi ko'rganlarim bo'yicha birqancha farqli tomonlarni anglaganman:

- Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o'z hikoyalaridan birida shunday degan edi: "Qonunlar buzilgan yurt ko'karmaydi...". Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko'rgan avlodning ongida o'sha qonunga nisbatan hurmat ko'tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: "Bola, sigaret chekma", - deydi, vaholanki, uning o'zi shu o'g'lini sigaret olib kelish uchun do'konga jo'natadi...

Polshada, garchi Yevropaning nisbatan kam rivojlangan davlati bo'lsa-da, qonunlar va fuqarolarning o'zaro hurmat qilishi tahsinga loyiq. Ikki-uchta misol keltiraman.

1. Varshavaga kelganimning birinchi kuni. Shaharni aylanay deb, qozog'istonlik do'stim bilan asta yo'l yoqalab ketyapmiz. Mashina kam (Varshava Toshkentdan ko'ra kichikroq shahar). Avval o'ng tomon, so'ng chap tomonga qarab, yo'ldan o'ta boshladik. O'tishim bilan orqaga qaradim, sfetofor tagida 4-5 chog'li odam, ikkita velosipedchi navbat kutib turganday turishibdi. Mashinalar esa yo'q. Ne ko'z bilan qarayki, ular o'zlariga yonga qizil chiroqni hurmat qilib, kutib turishgan ekan.

Bu menga dars bo'ldi. So'ng piyodalar uchun qizil chiroq yonganda, garchi mashinalar qatnovi sust yoki yo'q bo'lganda ham kutib turadigan bo'ldim.

2. Varshavaning markaziy ko'chasida ketayapman. O'sha kunlari Ruminiya Respublikasi prezidenti Varshavaga kelgan edi. Uzoqdan, ikki davlat bayroqlari bilan bezangan prezident karteji ko'rindi. Ular chorrahaga yaqinlashganida qizil chiroq yondi. Prezident kartejining barcha mashinalari to'xtab, yashil chiroq yonishi bilan yana yo'lda davom etishdi.

Ba'zida hayron qolaman. Bizda nari borsa 1-2 yil ishlagan GAI xodimlari ham ba'zida qizil chiroqni mensishmaydi...

3. Bekat tomon yurib kelyapman. Bir kishi mendan avvalroqda, sigaret tutatgan shekilli, qo'lida uning qoldig'ini ushlagancha ketib boryapti. Qo'lidagi axlatini tashlab yuborsa bo'lmasmikan, deb, g'ashim keladi. U bo'lsa, xotirjam bekat tomon ketyapti. Bekatga keldiyu, o'sha yerdagi axlat uchun mo'ljallangan qutiga sigaret qoldig'ini tashladi. Yana kuzatganim bir bolakay, qo'lidagi yeb bo'lgan morojniysi qog'ozini atrofga tashlamay, axlat qutisini qidira boshladi. Allaqancha muddat qo'lida ushlab borib, kerakli joyga tashladi...

...Toshkentga kelib, mana shunday qutilarni qidira boshladim. Garchi, uni har kuni tozalashmasa-da, tozalab bo'lgach, unga yangi polietilen qopchani solib, ozoda qilib ketishmasa-da, harqalay, bunday qutilar shaharlicha ekan. Lekin... Unga tashlanishi kerak bo'lgan chiqindilar, nechukdir, bekat oldidagi suv oqishi kerak bo'lgan ariqchalarda... yoxud aslida ko'm-ko'k bo'lib ochilib, shahar husniga husn qo'shishi kerak bo'lgan guzlorlar ichida...

4. Polshada ommaviy transport vositalarida sizdan pul so'rashmaydi. Bepul, jiddiy, bepul. Faqatgina siz yillik, oylik, haftalik, kunlik yo'l chiptasini oldindan sotib olasiz. Buni avtobus yoxud metroda sizdan na shofer, na komduktor (darvoqe, u yerda konduktorning o'zi yo'q) talab qilmaydi. Bu sizning vijdoniy va fuqarolik burchingiz. To'g'ri, lekin ba'zida tekshiruvchilar avtobusga chiqib tekshirib qolishlari mumkin, lekin bu kamdan kam holatlarda. Lekin kiosklar va shu chiptani sotadigan do'konlardan uni sotib olayotganlarning keti uzilmaydi...

... Bizda-chi? Bir kuni bir gazeta xodimi ham xuddi vakolati borday xizmat guvohnomasini ko'rsatib, avtobusdan tushib ketdi. Konduktor yosh yigit ekan, uni boshqa xizmatdan deb o'yladi shekilli. Bir tanishim hazillashib, hozir fermer xo'jaligini guvohnomasini ko'rsatib ham avtobusda yuraverasan degandi. 2-3 sinfligimda bir onaxon qarindoshimizdan so'ragandim: "Biz yosh bolamiz, avtobusga chiqib, tushayotganda, "rahmat, amaki", deb tushib ketsak bo'ladimi yo pul to'lashimiz kerakmi?" deb so'raganimda, ular "Yoshlaring 7 dan oshib qoldi. To'langlar, shoferning haqi qolib ketmasin" degandilar... Hozir esa 12-13 yoshli bolasi uchun pul to'lamay janjal qilgan, allaqanday guvohnomalarni o'tkazmoqchi bo'lib, konduktorni xunob qilayotganlarni ko'p uchratamiz...

Kuchli gaplar bo'libdi...
Rahmat, AbdulAziz.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Sentyabr 2009, 12:17:10

A.alakum. Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Va alaykum assalom!
Vatandan judayam uzoqda bo'lmaganman. Shunday bo'lsa-da, u meni ohanrabodek doim tortib turgan. Har qanaqa sharoit bo'lishidan qat'iy nazar o'z yurtimizda yashashdan ortiq baxt yo'q ekan.
Sog'inganda nima qilardim?
- Oyimla bilan gaplashganimda birdirmasdan yig'lab olardim.
- Ziyouz.comga kirib o'zbekcha maqola, kitoblarni miriqib o'qirdim.
- Ajnabiylar yurtida, bironta o'zbekcha so'zni eshitolmay, uyga kelib bir marta "Munojot" - "Kecha kelgumdir debon"ni eshitib, alamlarimni unutardim.
- Forumda O'zbekistonning rasmlarini tomosha qilib, ko'z o'ngimdanm o'tardi. Qatnashchilarning bolalik xotiralarini, o'z qishloqlaridagi eng go'zal manzalari va u haqidagi xotiralarini o'qib, ko'zim yoshlanardi...

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2009, 07:20:24

mutaallimahga savol: Siz hayotingiz davomida o'zingiz tasavvur qilgan insonlarga ibrat bo'laoladigan, musulmon insonni uchratganmisiz?

Assalamu alaykum va rohmatulloh.
Ha, Alhamdulillah unday odamlarni ko'p uchratganman!
O'zlarining go'zal xulqlari bilan hammaga haqiqiy musulmon qanday bo'lishi kerakligini o'rgata oladigan insonlar dunyoda bor, lekin judayam kam..........
Shu ta'rifdagi insonlarni oxirat yo'liga kuzatayotganda ichdan o'tadigan his-tuyg'ularni ta'riflash juda ham qiyin..
Unday insonlar bilan uchrashish hayotda ulardan o'rnak olib yashash judayam katta baxt ekanligini shu baxt qo'ldan ketganda anglash undanam yomon..........

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2009, 07:43:33

A.alakum. Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Va alaykum assalom..
Vatandan uzoqda bo'lgani uchun sog'inch judayam kuchayib ketgandek his qilib yuradigan hamma Payg'ambarimizning hayotlarini bir bor eslab olsa eng katta yordam deb bilaman..
Payg'ambarimzi yer yuzidagi eng xayrli joyni tashlab Madinaga borganlarida u yerda iymonlari salomatligi uchun u yerga qanchalar muhabbat qo'yganliklari hattoki Makka fath qilinganida ham o'z vatanlarida qolmay shuncha yillar ular bilan birga yelkama yelka turib dinlarini himoya qilgan birodarlari ashoblarini tanlab Madinaga qaytganliklari Alloh dinlarini ulug'lashtirgan vatanda o'lishlikni afzal bilganliklari bugungi Muhammad sollalohu alayhi va sallam ummatidan bo'lgan bizdek musofir insonlarga eng go'zal ibrat bo'ladi deb o'ylayman..

Qayd etilgan


Hadija  04 Sentyabr 2009, 17:01:59

Hadija, Munavvara, Robiya, Fatima, Kumush, Muslima.bgm ga:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dunyo hazinalari kaliti berilganida ul zot "œMen bu dunyoga dunyo, mol-davlat, boylik uchun kelmadim. Men ummmat uchun (ya’ni ummatni do’zaxdan ogohlantirish, Allohning amrlarini yetkazish uchun) keldim" deganlar.

Savol:Sizni Alloh nima maqsadda dunyoga keltirdi deb o’ylaysiz?


Savol uchun tashakkur...
Avvalo, Alloh taolo o'z kalomida har bir yaratgan mavjudotu mahluqotini yolg'iz O'zigagina ibodatda va itoatda bo'lishi uchun yaratganini aytib o'tadi.
InshaAlloh, o'sha yaratgan mahluqotlari ichida eng ojizasi bo'lib bu buyruqqa bo'yin sunmaslik Butun Olamlar Robbisiga bo'lgan hurmatsizlik o'z boshimchalik bo'ladi.
Asosiy maqsad haqiqiy musulmon bo'lis xolis ixlos bilan O'zigagina ibodatda bo'lish, dinimiz ilmini mukammal o'rganib hayotim davomida tadbiq etish.InshaAlloh...

Qayd etilgan


Hadija  04 Sentyabr 2009, 17:25:18

Abdul_Malik, Muhammadiy, Muhammadali, mahmudali, AbdulAziz, Munira xonim, Muzayyana, G_u_l_i, Hadija, ЖАМШИДЖОА, Abzulhafiz ga:

Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan


Aslida har bir sahobiyning hayotlarida bo'lib o'tgan har bir hodisa Islomda o'z o'rniga ega va ozgina iymoni bor kishini larzaga keltiradi.
Menga eng ta'sir qilgani:
Umar ibn Xattob r.a.ni o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari.
Umar ibn Xattobni r.a. Makkadan Madinaga hijrat qilishlaridagi hodisa.
Abu Bakr Siddiq r.a. RAsululloh SAV Me'rojga chiqib tushganlaridan keyingi sahobalarga aytgan so'zlari.
Bu ikki Zotni MAdinaga hijrat qilishlaridagi G'ordagi hodisalar....
Bu ro'yxatni davom ettirsam, bugun tugamaydi...
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.
Biz ojizalarga ham ALlohni rahmati bilan Qiyomat tongida shunday Zotlarni qatorida bo'lishlik nasib qilsin... Aamiyn.

 :amn:

Ochig'i man ham ayni shu voqealarni yodga olib yozmoqchi edim, ammo Muniraopam yozib bo'lganlari sabab qo'shimcha qilmoqchiman holos. Umar ibn Xattobning musulmon bo'lish voqeasi ham tasir qilgan.

Qayd etilgan