Ассалому алайкум!
Shokirbek ва Ulugbek75 акаларга:
Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Qatnashuvchilarni foydali ish bilan mashg'ul qilish uchun yaxshi taktika qo'llarakansiz...
Savolni endi ko'ribman, uzr.
Ixlos. Bu qalb amali, bazi tashqi belgilar bilan uning mavjudligini bazan taxmin qilinishigina mumkin bo'lgan - faqat egasi va uning Egasigagina ayon amal. Omonotdorlik esa umumiy shaklda ,zohiriy amal. Shu sababli ixlosga misol keltiraolamasam kerak.
Mavzudan sal chetroq bo'lsa ham, meni xotiramda qolgan bir kishi va uning hayotida kuzatganim holatni aytib o'tay.
U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!Arab o'lkalaridan birida yashovchi, ham vatanda va ham u kishining uyida kuzatganim holatlarga tavsifim bu.
U kishi bilan birga bo'lganim bir necha kun muddat davomida, Men kuzatganim bo'yicha, shunchalar hayratga tushdimki, haligacha yodimdan chiqmaydi. Rasmiy diplomlari uncha yuqori emas, ammo ko'plab doktorlik unvonlilardan sharíy ilmida kam emasdi. Kundalik yumushlarida birorta hatto borýo'gí muboh bo'lib qoladigan, ya'ni vojib va mustahab bo'lmagan amalni topish juda juda qiyin edi.
Masjidga hammadan ilgari chiqqan, namozgacha Qurón o'qib o'tirgan, namozdan keyin turib qisqagina va'z o'qigan, undan chiqib yana qandaydir da'vat ishiga bog'liq biror yumushga bog'langan, dukonga kirsak, dukon ichida, yondagi sartaroshxonayu boshqa joylarda kimgadir, amr ma'ruf yoki nahiy munkar qilgan, toýga borsak u yerda ham kimgadir nasihat qilgan, qaysidir dinga bog'liq mavzuda bahs yuritgan, jumadan qaytsak, tushlik mahali o'glini boshqa masjidga yuborgani uchun (menimcha ataylab), undan nima haqida xutba bo'lganini so'ragan. Qisqasi u kishining oldida, o'zimni shunday his qildimki, hatto muboh ishni qilishga ham uyalib qoldim. Undan tashqari shaxsiyati juda siniq, g'o'zal axloqli, muloyim tabiatli, ammo kezi kelganda qattiqqo'l va qatíyat egasi.
Birga qayerga borsak, kim bilan uchrashsak, agar bazida bu kishining fikriga qarshi bó'lishsa ham, hamma hammalari hurmat qilishardi, aynan mana shunday noyob sifatli musulmon bo'lganliklari cuhun, menimcha.
U kishining ijaraga bergan uyida turgan bir kishi bilan suhbatlashib qolib, u kishi va o'g'lining jamoat namozi, yodlagan Qurónlarini takror etishlari va mahalla masjidini obod etishlarini quvonch bilan so'zlaganimda u kishi, hali hali qulogímda jaranglaydigan quyidagi jumlalarni aytgandi:
U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!Hayotda inson imkoniyati chegarasini chamalashga va ibratlanishga chorlaydigan mana shunday musulmonlar borligiga shukur. Mana shunday kishilarni Allohim ajrlarini buyuk qilib berib, bu yo'lda davomli qilsin, ameen!
ps. Men ARBUZda Sizning kimligingizni bilolmadim, sir bo'lmasa bildirib ketsangiz?