Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267135 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 155 156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 ... 270 B


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 10:22:51

Shoir,Abdulaziz,Asadulloh ,Abdul_malik ,registan,ikbaljohn Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Forumga qatnashishdan maqsad - ilm olish bo'lsagina, bu masalani o'ylab ko'rish mumkin.
Avvalo, uyda mavjud kitoblar va audioma'ruzalar bemalol, forumdagi mulohazalarning o'rnini bosa oladi. Agar biron zamonaviy mavzudagi fatvo yoxud manba kerak bo'lsa, u holda o'zim unga topib berishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


shoir  16 Noyabr 2009, 12:03:57

Men hayotimda juda qadrlaganim bir onahon vafotlaridan avval o'g'illariga qabr ko'vab kelishlarini tayinlagan va o'g'illari qabristondan kelishlarini intiqlik ila kutganlarini eshitganimda hayratdan tillarim lol bo'lgan edi.

Shoir,Abdulaziz,Salmon Forsiy.Ulug'bek 75,Shokirbek Che himik, Asadulloh
Sizlarga savol:
Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Bunaqa holat menda bo'lmagan ekan.

Shoir,Abdulaziz,Asadulloh ,Abdul_malik ,registan,ikbaljohn Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Qarshilik qilardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 14:05:55

Abdulhafiz, komil83, AbdulAziz, AbdurRohman, ChehMik, Abdulloh, Majd birodarlarga savol:
Turmush qurishda qiz bilan uchrashuvga chiqqanda Unga berildigan asosiy 3ta savoliz qanday bo'ladi?

Kunikecha bu haqda Zayd birodar bilan ham bahs qilgan edik.
Avvalo kelinbo'lmishning qandayligi avvaldan surishtiriladi. Surishtiruv davomida uning ilmi, odobi haqidagi ma'lumotlarga muvofiq unga savol berish mumkin. Uning ilm darajasi, dunyoqarashi qandayligini bilish maqsadida quyidagi savollarni berishim mumkin:

1. Kalimai shahodat ma'nosini bilasizmi?
(Ko'rinishidan oddiy savol. Lekin barcha musulmon - "La ilaha illalloh, Muhammadur-Rasululloh" iymon kalimasi ekanligini bhiladi-yu, lekin nomi "kalimai shaodat" ekanligini bilmaydi. Uning ma'nosi haqidagi javob esa, diniy tafakkur va aqidaning qandayligini ifodalaydi)

2. Dunyoda eng ko'p kimga mehr qo'ygansiz? Va kelgusida kimni ko'proq sevasiz?
(Payg'ambar SAV aytganlaridek: "Meni hammadan - o'zingiz, ota-onangizdanam ko'ra yaxshi ko'rmaguiningizcha komil musulmon bo'lolmaysiz". Ushbu savolga javoblar, sarvari koinot, buyuk nabiyimiz Muhammad SAV haqidagi muhabbatga dalolat beradi.)

3. Payg'ambar SAVning 4 ta otalari nomi nima?
("Tarixi Muhammadiy"da yozilishicha, ushbu savol javobini har bir musulmon bilmog'i darkor. Bu savolga javobdan uning siyrat bilimlaridan qanday ekanligini bilsa bo'ladi.)

Qayd etilgan


Ansora  16 Noyabr 2009, 14:54:45

Muhseena.Guli,Mahdiyah,Siddiqa,Muslima,Munira honim,Kapalak

Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?


Turklarda bir gap bor: Qidirgan Mavlosiniyam, balosiniyam topadi.

(Mevla-Alloh (J. J)ning sifatlaridan biri.

Men ham har ikki dunyomga foydali bo'ladigan bir narsalar qidirdim, topdim bu internet-ummonidan.

Forum sabab ilm oladigan insonlarga kelsak aniq bordir. İnson vaqti kelganda o'z bolasini xarakterini, qiziqishlarini ham bila olmas ekan, men shuncha insonni haqiqiy xarakteri va qiziqishlarini bilishga qodir emasman.

Nasib bo'lgan payt men ham forumga joylangan dinim bilan bo'liq matnlardan bahramand bo'lganman.

Alloh rozi bo'lsin, joylaganlardan, masalan Alouddin Mansurga tegishli Quroni Karim tarjimasini ilk marotaba Ziyouzda o'qiganman. Buning sababi balki Vatanda bo'lmasligim hamdir. Bu yerda O'zbek tilida diniy kitoblar topish amrimahol.
Birgina İslom sahifasida juda ko'p foydali maqola va kitoblar berilgan.

Forumda yoshi kichkina a'zolar borligi uchun ham har bir aytgan gaplarimizga diqqat etishimiz kerak. Yoshlari endigina 13-14 bo'lgan bolalarni ko'rdim. Biz yoshi ulg'aygan insonlar (uylangan, turmushga chiqqan) bir-birimizga yomon munosabatda bo'lsak, ular ham "ha biz hali yoshmiz bularni oldida, men hali og'zimga kelgan gapni yozsam bo'laverar ekan", deydi....

Bu ham bir navi inson hulqi-odobi bilan bog'liq ilm olish nazarimda....

Forumda faqat Diniy ilm emas, dunyoviy ilm bilan bog'liq ham ummon bor.

Bu ishga bosh qo'ygan barchalaridan Alloh rozi bo'lsin....

Qayd etilgan


Ulugbek75  16 Noyabr 2009, 15:17:03

Shokirbek,Ulug'bek75,Arbuzchi

O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Savollar ustma-ustligi, xilma-xilligi va javoblar ketma-ketligi va so'raluvchilarning katta soni, bularning hammasi mavzuga, u ko'tarolmaydigan darajada  yuk bo'lib ketmayaptimikan? (Balki buni savol mazmunlariga qarab bir necha mavzuga bo'lish kerakdir?)

FORUMlar - fikr almashish, bahslashish, malumot almashish, nimagadir da'vat etish yoki nimagadir raddiya berish kabi maqsadlarni ko'zda tutgan OMMA sahnasidir.
ARBUZ esa - o'zbek jamiyati turli qatlamlari vakillarini eng ko' proq qamray olgan va birinchilardan bo'lib tashkil etilgan forumlardan biridir, menimcha.

Shuning uchun ARBUZ, Men kabi o'zbeklar bilan bevosita muloqot qilish va ishlash imkoniyati cheklangan, ammo boshqalarga nimalardir demoqchi bo'lgan, o'zbek jamiyati ahvoliga befarq bo' lmagan, uni yaqindan kuzatishni o'z vazifalarifdan biri deb bilgan, boshqalardan o'rganmoqchi, shaxsiyatini doimiy o'stirmoqchi bo'lgan, musulmon intellektual tabaqaga mansub bo'lish uchun intilgan, bunday qatlam hosil bo'lishini kelajakda muhim deb bilgan, jamiyatning turli qatlam vakillari ko'z o'ngida musulmonman deganning aqliy qobiliyati hech birinikidan kam emasligini (buning ahamiyatini anglash uchun SSSR va g'arbning musulmonga bergan tasvirini ko'z oldiga keltirish lozim bo'ladi) takidlamoqchi, buni isbotlamoqchi, boshqacha aytganda, Islomga ko'pincha bil-vosita, bazida bevosita da'vat etishni istaganlar kirib borishi qiyin bo' lmagan va kirishga juda arzigulik joydir.

Bu maqsadga shu shaklda o' ylagan Men va bunga yaqin qarashda bo'lgan ishtirok etgan va etayotgan forumchilar qancha erisholdik?
Bunga ARBUZning kechasi va bugunidan xabardor kishilar, qolaversa o'sha forum foydalanuvchilari baho berishlari mumkin. Meningcha esa biz, bu bo'shliqni ozgina bo'lsa ham to'ldira oldik.

Musulmonlarimiz ichida ham juda ko'plab jiddiy muammolar bor. ARBUZ Men uchun, ana shu muammolarni o'rganish, tahlil etish, ma'lum yechimlar taklif etish, ularni qisman bo'lsa ham sinab ko'rish o'rni hamdir. Bu yo'nalishda nimaga erisha oldim? Bilmayman. (Bilaman, buni samaraliroq qilish uchun, boshqa profili islomiyroq bo'lgan saytlar bilan ham ishlash lozim edi, ammo bunga vaqt va boshqa to'siqlar imkon bermaydi.)

Men din va dindorning faoliyat doirasi imkon qadar keng bo'lishi va ularning insonlar bilan muloqoti imkon qadar tabiiy kechishi tarafdoriman. Forum mana shu manoda ham keng maydon taqdim etadi. Boshqalarni bunga qancha o'rgata oldim? Bilmayman.

Undan tashqari, turli ruhiy, ma'naviy va moddiy ehtiyojlari mavjud, hayot davomida turli holatlarni yashagan va yashayotgan ojiz insonlar sifatida, forum taqdim etadigan turli xizmatlardan foydalanib kelaman. Misol tariqasida, ARBUZning Adabiyot bo'limi bular sirasiga kiradi.

Forum, shu bilan birga, qaysidir ma'noda bizni kimligimizni, boshqalar bahosiga qarab, o'zimga ko'rsatuvchi ko'zgu hamdir. Men ko'zgu oldida imkon qadar bor bo'yim bilan turishni yoqtiraman. Mendan qancha ayb topilsa, demak bular faqat mening ayblarimdir, ARBUZ (shunngdek ZIYOUZ ham) bundan xoli :) , unga bu ayblarimni ko'rsatb bergani uchun esa tashakkurlarim.


Qayd etilgan


Arbuzchi  16 Noyabr 2009, 15:22:46



Qarshilik qilardim.
Egoist naturalniy.... ;) Ja bo'masa ayollar bo'limida faoliyat yuritishiga ruxsat berardim di... :1

Qayd etilgan


shoir  16 Noyabr 2009, 15:45:13

Savollar ustma-ustligi, xilma-xilligi va javoblar ketma-ketligi va so'raluvchilarning katta soni, bularning hammasi mavzuga, u ko'tarolmaydigan darajada  yuk bo'lib ketmayaptimikan? (Balki buni savol mazmunlariga qarab bir necha mavzuga bo'lish kerakdir?)

Таклиф учун ташаккур.
Улуғбек ака, ушбу мавзу анчадан бери мавжудлиги сабаб кспчилик юзерларимиз шу ердан доимо снги, гсзал фикрлар кутишади. Агар мавзуни бслиб ташласак, юзерларимизга бироз ноқулайлик келтирамиз. Мавзу қаерга кетдийкан, деб қидириб қолишмасин.
Архивдаги, аввалги саволларни шундай қилсак бслади.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  16 Noyabr 2009, 16:04:20

Shoir,Abdulaziz,Asadulloh ,Abdul_malik ,registan,ikbaljohn Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Savol uchun tashakkur. Javobga keladigan bo'lsak , ayol kishi avvalambor oiladagi o'zining burch va vazifalarini to'liq bajarishi lozim. Ha, bulardan vaqt ajratib ilm olmoqchimi mavjud adabiyotlarni o'qisin manimcha internet, forumlarga hojat qolmaydi V/A.

Qayd etilgan


Abdullоh  16 Noyabr 2009, 17:52:09

Abdulhafiz, komil83, AbdulAziz, AbdurRohman, ChehMik, Abdulloh, Majd birodarlarga savol: Turmush qurishda qiz bilan uchrashuvga chiqqanda Unga berildigan asosiy 3ta savoliz qanday bo'ladi?


Assalomu alaykum. Ro'yhatga adashib kirib qobman shekilli. Qolgan birodarlar barchasi mendan ozmuncha yoki ko'pmuncha katta. Bu savolga mendan ko'ra ular yaxshiroq javob berishsa kerak. Yana hafa bo'lmang mendan. To'g'risi, bu haqda hech o'ylab ko'rmabman....

P.S. Agar shunday holat bo'lsa, o'zim jahon iqtisodiyotiga qiziqqanim sababli u qizga ham bironta jahon iqtisodiyotiga oid savol bervorishim mumkin. (M-n, GM nima uchun Opelni Magna-Sberbankka sotishdan voz kechdi?  :D)


Qayd etilgan


shoir  16 Noyabr 2009, 18:33:52

Shokirbek, Ulug'bek75 акаларга савол

Ушбу мавзу юзасидан берилган жавоблар орасида кимнинг қайси савол юзасидан билдирган мулоҳазас(лар)и сизга маъқул келди?

Qayd etilgan