Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267169 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 ... 270 B


Muhseena  24 Noyabr 2009, 00:03:47

Avvalo Barchamizni hidoyat yo'llariga boshlagan Allohga hamdlar bo'lsin.Naqadar baxtli insonlarmiz,alhamdulillah.Siz bergan savollarga berilgan javoblarning hammasi shunday go'zal ediki,ilohim mana shunday insonlarni safi ko'paysin,deb duo qildim va Allohdan so'raymanki,bergan javoblarimizga yarasha qilayotgan amallarimizni riyosiz qabul qilsin.Hammamizni Jannat sarhadlarida shod-hurramlikda jamlashini nasib qilsin.Hamma javoblar ham yoqdi,ammo sanab o'tishni lozim topganim:
1.Shokirbek akaning qabr haqidagi aytgan gaplari tasir qildi.O'lim hayol emas,haqiqatdir deganlaridek,bir kunmas bir kun hammamiz o'sha xonaga kirajakmiz.Qiziq mani u yerda nimala kutmoqda...Juda ko'p o'ylanaman.
2.AbdulAziz akaning qanday o'limni orzu qilganliklarini o'ylab hayratlandim.
3.Salmon Forsiyning kichkina aravakash bola haqidagi hikoyalaridan tasirlandi va insonni qabrga qo'yish haqidagi fikrlari yoqdi.
4.Mahdiyahning uchrashuv haqidagi savollari ham yoqdi.
5.Ulug'bek 75 akaning O'lim bilan uchrashuv haqidagi fikrlari
6.AbdulAziz akaning yoshlikda do'stlari bilan masjidga kirib,azon o'rniga hammani "baqirib turg'izishganligi" :D
7.Guli birodarimning go'zal javobi.Aslida u talaba bo'lolmagan bo'lsada,o'qituvchi hozir.Bunga har kim ham erisholmaydi,odamlar diplom bilan ish qidirshadiyu,albatta Alloh hamma ishga Qodir Zot.Ikki dunyo baxtini tilayman.
8.Abdulhafiz-Sukut saqlang uning eng oz foydasi omonlikdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a

9.Imlaah opa:Har bir amaldan kim nimani istasa   albatta istaganini oladi
10.Va boshqa userlarning javoblari.Yana bir bor hammangizdan Alloh rozi bo'lsin.Ancha narsa o'rgandim...

Qayd etilgan


Muslimа  24 Noyabr 2009, 00:41:06


Imlaah, Munira xonim, Kapalak, saltanat, Robiya, Fatima, Hadija, Muhseena, siddiqa, G_u_l_i, Muslima, lolo, Nurzoda, Afruza, Munavvara,  Jamila, fotimahon, Мубина, Wild Flower, Kumush, Afifaxon, zuhrahon, Abdunaimova27...[/b]

Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi? (hikmatli so'zimi, nasihatmi...)


 :as:
Uzr, javob kechikdi :)
    Doim yodimda tutadigan hadis man bu: Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: "œBiror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan" (Muttafaqqun alayh).
    Yana yaqinda rahmatli Abdug'ani domlani ma'ruzalarida eshitdim, hikmatga boy bo'lgan so'zlar menga yoqdi, uni ham yod qilib oldim. "Inson ilmi bilan kibrlanadi, maqtanadi vaholanki, ilmni unga Alloh bergan. Inson husni bilan kibr qiladi, uni ham Alloh bergan. Inson mol-dunyosi bilan kibr qiladi, uni ham Alloh bergan. Mol-dunyosini hayrli ishga sarf qilayotganidan ham maqtanadi ba'zan, agar Alloh tafiq berib, uni to'g'ri yo'lga boshlamaganida shu pullarni haromga ham ishlasa bo'lardi. Insondagi hamma narsa Alloh taoloniki, hammasini Alloh bergan. Alloh bergan narsa ila kibr qilishlik noto'g'ri. Insonda faqat bittagina narsa bor, u faqat insonga tegishli. Bu insonning - GUNOHLARIDIR. Alloh bergan narsa bilan emas, qo'lingdan kelsa o'zingniki bo'lgan GUNOHLARING bilan maqtan, kibrlan ey inson! " 

Qayd etilgan


Muvahhid  24 Noyabr 2009, 03:32:21

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Assalomu alaykum !
Bu mavzuda berilgan barcha Savol va Javoblar men uchun har doim ibrat, hayot haqida ya'na bir bor fikrlashga imkon bo'lmoqda.Barcha javoblarda yodda qoladigan fikrlar mavjud, lekin shular orasida menga eng ta'sir qilganlarini sanab o'tmoqchiman:

1.Ulug'bek 75 ning: "O'lim bilan uchrashuv-Yohud hayotdagi orzularim" nomi ostidagi javoblari.
2.Shokirbekning: Omonotdor yigit; Qabr haqidagi;Ixlos haqidagi fikrlari.
3.Munira xonimning: Shukr,sabr haqidagi va 12 yil deganda ALLOH farzand ato etgan oila haqidagi javoblari.
4.Kapalakning:Onalarimiz mehri haqidagi xikoyalari.
5.Gulining:"Talaba bo'lolmadim,lekin alhamdulillah Musulmon bo'ldim" degan so'zlari.
6.AbdulAzizning:bulajak turmush o'rtoqlari bilan uchrashuvga chiqqanda bermoqchi bo'lgan 3ta savollari; Chimyondagi masjid xizmatchisining ibratli o'limi haqidagi xikoyalari.
7.Abdullohning: "Bugunni o'yladim, kecha o'tdi, erta bormi?! Yoshlikga ham ishonma, o'layotgan faqat qarilarmi?!" deb yozgan hikmatli so'zlari.
8.Imlaahning qaynotalarining chiroyli o'limlari haqidagi xikoyalari.
9.Saltanatning ayol sabri haqidagi xikoyalari.
10.Muhseenaning Payg'ambarimiz s.a.v.ga mehr haqidagi xikoyalari menga juda ham ta'sir qildi.

ALLOH taolo barchamizga,O'zinig yulida Birodar bo'lishlikni hasib qilsin.

Qayd etilgan


Muvahhid  24 Noyabr 2009, 03:46:41

Birodarlarimiz bo'lgan Shoirga va Mahdiyahga shunday chiroyli savollar berib barchamizni Iymon va Insoniylikga, fikrlashga chorlab forumdagi vaqtimizni samaralik bo'lishiga katta yordam berayotganlari uchun alohida rahmat aytaman, ALLOH Sizlardan rozi bo'lsin !Barcha savol bergan,savollarga javob yozgan birodarlardan ALLOH rozi bo'lsin.O'zining Jannatlarida ham Birodarlardan bo'lishligimizni O'zi nasib aylasin.Amin.

Qayd etilgan


saltanat  24 Noyabr 2009, 06:32:00

Ассалому алайкум. Аввалроқ Шокирбек ва Улуғбек акаларга савол қилиб берган сдим.

АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Assalomu-alaykum aziz forumdoshlar.Salmon Forsiyning fikrlariga hamfikrman, man ham vaqtimizni foydali ishlarga sarflashimizga, hayotda nima uchun yashayotganimizni yana bir bor yaxshilab o'ylab ko'rishimizga sabab bo'ladigan savollar bergan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.O'zlaridagi ilmga intilishlikni bardavom qilsin va bu ilmlariga amal qilishlikni nasibu-ro'z aylasin.Amiyn.
  Endi maqul kelganlariga kelsak, yuqorida sanab o'tishibdi, man shularga qo'shimcha qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, barcha fikrlarda ibrat bo'ladigan ishlar bitilgan, fikrlar rang-barabgligi odamni har qanday vaziyatda inson ekanligini va atrofimizdagi barcha kishilarni bir-biriga g'animatligini, oxirida esa savoblarga ajru-mukofot, gunohlar uchun jazo muqarraligini eslatib turibdi.
 Allohim barchamizni O'zining Haq yo'lidan adashtirmasin va o'zimizdagi zarracha bo'lsada ilmu-tushunchalarimizga amal qilishligimizni nasib etsin,amiyn.

Qayd etilgan


imlaah  24 Noyabr 2009, 09:33:28

Ассалому алайкум.  
АбдулАзиз, Салмон Форсий, Узмус ҳамда Мунира хоним, Имлааҳ, Салтанат, Капалак опаларга:

Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Forumda so'nggi o'zgarishlar ichida o'zgarmay qolayotgan yagona mavzu shu bo'lgani holda bunda tasirli va ibratli savollar bilan forumchilarni "ushlab tura olayotgan" shoirga tashakkurlar.
Berilayotgan har bir savolda qandaydir maqsad ko'zlangan ekan.Olinayotgan javoblarda mashaallah undanda gozal natijalar bo'layotgani aniqroq.Olingan javoblarni har biri aqlli insonlaga go'zal eslatmalar tarzida bo'ldi deb o'ylayman.Barcha o'z kechinmalarini forumchilar bilan baham ko'rgan forumdoshlarga tashakkurlar.Har bir fikrdan ibrat oldim.Har biridan o'zgacha dars olsa bo'ladigan javoblarni o'qidik.Alloh davomli va manfaatlik qilsin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Noyabr 2009, 12:58:22

YURIST, Cheh_Mik, Abdulhafiz, Afifaxon, G_U_L_I, Arbuzchi, jalolbekka savol:

Сизнинг ҳидостингизга сабаб бслган воқеа?

Assalomu alaykum.

Avvalo ushbu savolga juda ham kech javob berayotganim uchun uzr. Shunchaki ancha vaqtdan buyon bu savolga nima deb javob yozishni bilmadim.

Chunki aynan mana shu voqea meni hidoyatimga sababchi bo'lgan deb aytishim qiyin.

Ammo bolaligimdagi bir voqeani eslab o'tishim mumkin. 1996 yilda mahallamizda masjid qurilgandi. O'sha vaqtda 7 yoshda edim. Ushbu masjid mahallamiz fuqarolarining mablag'iga qurilgan, undagi ustalar ham, ishlovchilar ham o'zimizni qo'shnilar edi. Hech esimdan chiqmaydi, bir marta masjid qurilishi uchun g'isht olib kelishimiz kerak bo'lgan. O'zimiz qo'shnimizning traktoriga o'tirib, 5-6 ta bola g'isht zavodga borganmiz (Albatta traktorni qo'shnimiz haydagan). G'isht zavoddan qanchaduram g'isht ortgandik. Hammayog'imiz qop-qora, kir bo'lib ketgan. Qaytishda traktor g'isht bilan to'lib qolgani uchun biz piyoda qaytganmiz. Aksiga olib men g'isht zavodga ketayotganimni uydagilarga aytmaganman. Kun bo'yi yo'qolib qolganim uchun rosa "trevoga" qilishgan. Ammo hech qayerdan topisholmagan (g'isht zavodam shaharning chekkasida edida). Uyga qaytib kelganman, hammayog'im qop-qora, ustim kir. Ayajonim birinchi meni ko'rganlarida qanaqa hayolga borganlarini tasavvur qilavering... Rosa urganlar...  :2 Zo'rg'a aytishga ulgurib qolganman, masjid uchun g'ishtga borganimizni. Shundan keyin hovurlaridan tushganlar. "Aytib ketsang, bo'lmaydimi?" deb rosa koyiganlar.

Masjid ham bitdi. Mo'jazgina, bor-yo'gi ikki xonali bo'lsa ham, ammo mo'minlarni birlashtiruvchi ajoyib maskan edi. Biz bolajonlar har kuni darsdan kelishimiz bilan darrov masjidga borardik. O'sha yer ikkinchi uyimizga aylanib qolgan edi. Arab tili darslari o'tilardi. Kim ko'p harf yodlab kelish o'ynardik dastlab. Keyin esa kim ko'p sura va oyatlar yodlashga o'tdik. O'zimizcha diniy bilimlardan bahslar qilardik... Shayton unaqa bo'larkan, qiyomat bunaqa bo'larkan. Savob ish uchun nima qilish kerak? Xullas, shunaqa bolalarcha mavzular edi. O'sha yerda birinchi marta "Laylat ul-Qadr" kechasida laylak kelmasligini bilib olganman :7

Birinchi marta jamoat bilan namoz o'qiganimni unutolmayman. Yonimda qo'shnimiz Ochil buva turgandilar (umrlari uzoq bo'lsin, ilohim. Xozir 80 ga kirgandirlar...) Men qo'limni bo'glaganimda chap qo'limni o'ng qo'limni ustiga qo'yib olgan ekanman. Ochil buva sekin o'ng qo'limni chapini ustiga chiqarib qo'ygan. Hayron bo'lganman. Keyin yana chapni ustiga chiqarib oldim. Yana to'g'riladilar. Yana hayron bo'ldim. "Meni qo'lim bilan nima ishlari bor?" deb o'ylaganman. Yana chiqarib oldim. Uchinchi martasiga menga shunaqa yomon qaradilarki... O'zim o'ng qo'limni qanaqa qilib chapini ustiga chiqarib olganimni bilmay qolganman. :7

Bir marta nega masjidimiz oldida kichkina chuqur qazishayotganlarini ko'rib hayron bo'lganman. "nega qaziyapsizlar" desam, tandir qilamiz deyishgan kulib. Keyin bilsam o'sha chuqurning ichiga sement quyishib, masjidimiz tepasiga gumbaz yasashayotgan ekan. U chuqur esa o'sha gumbazning qolipi ekan. :7

Xozir o'ylab ko'rsam, o'sha vaqtlarda biz bolalarning dunyoqarashida katta o'zgarishlar bo'lgan ekan. Bir-birimizga hech ham so'kinmasdik, yomon gapirmasdik, urushmasdik. Kimdir yomonroq gap aytsa, darrov tanbeh berardik. Xulqimiz juda ham go'zallashgandi.

O'sha masjidning qarama-qarshisida, yo'lning narigi tarafida o'tloq maydon bor edi. Futbol o'ynardik. Ammo azon aytilishi bilan hamma masjid tomon yugurardi. Kimdir tahorat olishga ulgurardi, kimdir esa yo'q. Futbol o'ynashdan oldin, vaqtga qaraydigan bitta bolani saylaydigan bo'ldik, namoz vaqtini aytib turish uchun.

Ilk marta azon aytganim hech esimdan chiqmaydi. Ovozim ingichka va baland bo'lgani uchun, o'zimga juda g'alati eshitilgandi o'shanda. Shunaqa hayajonlanganmanki...

Ilk marta tarobeh namozini o'qiganimiz ham yodimda. Ana tugar deyman, mana tugar deyman, hech tugamaydida. Hamma o'qiydi, o'qiydida, bir o'tirvolib, bitta sura aytishib, yana o'rnidan turib namoz o'qiydi. Hech tushunolmaganman... Nafaqat men, balki men kabi ilk marta tarobeh o'qigan boshqa o'rtoqlarim ham shunaqa holga tushgan. O'shanda imomimiz bizga qarab, "Ha, charchadinglarmi?" deb kulib qo'ygandi.

1999-yilgi voqealardan keyin, bizni masjidga borishimizni cheklab qo'yishdi. Xavfsizlik maqsadida. O'shandan keyin faqat namoz o'qish uchungina boradigan bo'ldik xolos.

Har safar uyga borganimda, sevimli masjidimni ko'rib qaytaman. O'sha yerdagi, bizga ilk diniy saboqlarni o'rgatgan yoshi ulug' chollarni duolarini olaman. Ajib bolaligim esimga tushadi. Xozir juda so'lim maskanga aylangan. Qaytatdan rekonstruksiya qilingan. O'zimizning "eski masjid"dan darak ham yo'q. Ilohim, ushbu masjidni qurishga o'z xissasini qo'shgan barcha insonlarga Ollohimni mukofati nasib qilsin...

Qayd etilgan


shoir  25 Noyabr 2009, 11:40:22

AbdulAziz, Kapalak va Mahdiyahga savol:

А­нг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?

Qayd etilgan


shoir  25 Noyabr 2009, 11:44:02

Abdulhafiz, Ziyovuddin, G_u_l_i ga savol:

Мен сизларни форумнинг снг схши сқувчилари деб биламан. Чунки, сизлар гарчи ксп пост қилмасангиз-да, блшқаларнинг постларини албатта сқиб чиқиб, кспинча уларга раҳматни асмайсиз.
Олдин ссралган саволни сизларга ҳам берсам:
Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Qayd etilgan


shoir  25 Noyabr 2009, 11:49:28

Имлааҳ, Мунира хоним, Салтанат опа ва Улуғбек, Салмон Форсий, Шокирбек акаларга:

Агар кимдирга сен яхшилик қилсанг - унут, кимдир сенга яхшилик қилса ўла-ўлгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазиятларда сизга ёрдам берган инсонларни эслаб турасизми?

Qayd etilgan