Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 189 190 191 192 193 194 195 196 197 198 199 ... 270 B


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:38:43

Kapalak opa, Akbarjon, braupov, Habib, Ruzibaev, Shokir63 va Ziyovuddinga:
Siz so'nggi marta o'qigan, yoki eshitib ta'sirlangan voqea qaysi bo'ldi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:43:51

Shoxjahon12, Habib, Abdulloh, Akbarga:
Sizningcha,
a) 2009 yilning jahon sportga oid eng yaxshi uchta voqeasi qaysi bo'ldi?
b) 2009 yilning O'zbekiston sportiga oid eng yaxshi uchta voqeasi qaysi bo'ldi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:45:16

Musannif Adhamga:
Sizningcha,
a) 2009 yilning eng yaxshi uchta voqeasi qaysi bo'ldi?
b) 2009 yilning eng qayg'uli uchta voqeasi qaysi bo'ldi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2010, 16:54:51

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

PS. Yuqoridagi savollarga boshqa yuzerlar ham javob berishlari mumkin.

Qayd etilgan


Habib  05 Aprel 2010, 18:02:11

Shoxjahon12, Habib, Abdulloh, Akbarga:
Sizningcha,
a) 2009 yilning jahon sportga oid eng yaxshi uchta voqeasi qaysi bo'ldi?
b) 2009 yilning O'zbekiston sportiga oid eng yaxshi uchta voqeasi qaysi bo'ldi?
1-саволга жавоб
1) Криштиану А оналду снг қиммат сйинчи деб сълон қилинди.
2) Боливис-Аргентина 6-1
3)Марат Сафин катта теннис билан ҳайрлашди.

2-саволга жавоб
1) Барселона жамоасининг собиқ ҳужумчиси Самусль А­то'о Тошкентга келди ва Мастер-класс стказди.
2) Дунёнинг снг қиммат муррабийси Луиш Фелиппе Сколари Тошкентда, Бунёдкор жамоасида.
3) Бизнинг мураббийимиз, А .А­рматовнинг дунё ҳакамлари сафида бслиши, А­нг схши ҳакам деб сълон қилиниши, А унига қизил карточка.

Qayd etilgan


Abu Muso  05 Aprel 2010, 18:26:24

Abu Muso akaga:
Farzandingiz keldi-da, o'zi ma'nosini tushunmagan holda
sizga, onasiga yoki ukalariga so'kindi. Shu holatda nima
qilish kerak deb o'ylaysiz?

 :as:
Avvalo, savol uchun tashakkur! Savolga qaytsak, o'g'illarimning
hech qaysisida mazkur holat ro'y bermagan. Hozirgi kunda esa, 
u yoshdan o'tishgan alhamdulillah! Bu albatta Allohning bergan
ne'mati! Men shunday xulosaga keldimki, bola tarbiyasi, u dunyoga
kelishidan avval boshlanar ekan. Ya'ni ota va onanning ibodatda
bo'lishi, halol luqma yeyishi va eng asosiysi, Allohdan solih va
soliha farzand berishini so'rash... Shunda, Allohning o'zi tarbiyasini
oson qilib qo'yar ekan! Mazkur holat ro'y berganida, men tarbiyaning
ikkinchi uslubini, ya'ni qo'rqitishni qo'llagan bo'lardim, garchi o'zi
tushunmagan holda bo'lsa ham. Mazkur holat qayta takrorlanmasligi
uchun, buni qanchalik yomon narsa ekanligini his qilishi uchun ham,
ana shu ikkinchi uslubni qo'llagan bo'lardim. "Hozir tilingga nina
sanchib olaman", yoki "hozir tilingni kesib olaman" kabi so'zlar bilan...

Qayd etilgan


Ansora  05 Aprel 2010, 18:48:52

Kapalak opa, Akbarjon, braupov, Habib, Ruzibaev, Shokir63 va Ziyovuddinga:
Siz so'nggi marta o'qigan, yoki eshitib ta'sirlangan voqea qaysi bo'ldi?

A.alaykum. Savol uchun rahmat.
Balki xabaringiz bordir, 1 hafta bo'lmadi, Turkiya yana 3 shahid berdi. 3 askar yana shahodat keltirdi...
Shahidlardan birisining onasi o'g'li uchun tartiblangan janoza marosimida zo'rg'a oyoqda turardi. Birdan atrofdagilar ona bechoraning uydan oyoq kiyimlarini kiyimasdan, paypoqchang kelganligini sezib qolishibdi...Onaga tezda yaqindan oyoq kiyim olib kelib kiydirishdi...
Nima ham deysiz, bolasini dardi bilan ona bechorani ko'ziga bir narsa ko'rinarmidi???
Ona asli Kurt, terroristik gruppani quruvchilari ham Kurt...Ona ham Turkcha ham Kurtcha aza faryodlarini tilga keltirardi....Ona marosimda ishtirok etayotgan askarlarni "Huddi o'glimga o'hsharkansizlar" deb quchog'laganida askarlar ham ko'zlaridan duv duv ko'z yoshlari to'kdilar...

Men hech bunday xabarlarga chiday olmayman, lekin afsus Turkiyada tez tez terroristlar askarlarni shahid etishyabdi so'nggi kunlarda.

Rabbim ularni yaqinlariga sabr bersin, deya oldim holos...

Qayd etilgan


Ansora  05 Aprel 2010, 19:01:57

Kapalak opa, Abdulhafiz, Mahdiyah, Muhseena, Foniy, Nurillobek, Munisaxon, Javlonbekka:
Ko'cha. har kim har xil yumush bilan uyoqdan buyoqqa chopayapti. Birdan kimningdir qo'lida kitob, yo o'tirib, yo turib yig'lab ketayotganini ko'rib qoldingiz.
Bir qarashdan g'alati holat. Men bunga shaxsan guvoh bo'lmaganman. Lekin do'stim o'zida shunday holat bo'lganini, o'shanda "Saodat asri qissalari"ni qiziqqandan hatto ko'chada ham o'qib borganini, uning ho'ngrab yig'lashiga sabab bo'lgan voqea Hazrati Umarning johiliyat paytida o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari... bo'lganini aytgandi.

Savol:
1. Siz shunday holatga tushganmisiz? Ko'rganmisiz? Eshitganmisiz?
2. Siz ko'chada kitob o'qimaysiz. Lekin agar o'qiganingizda shunday holatga tushirishi mumkin bo'lgan kitob va undagi voqea qaysi bo'lishi mumkin?

PS. Yuqoridagi savollarga boshqa yuzerlar ham javob berishlari mumkin.

Sizlarga İstambulda joylashgan İSAM kutubxonasidan ilgari ma'lumot berib, rasmlarini gallereya mavzusiga joylagandim. Bir kuni dars qilishga ora berdim va kitoblarni orasidan Payg'ambarimiz haqidagi bir kitobni olib o'qiy boshladim. Kitob shu darajada ta'sirli yozilgandiki, tasodifan yig'lay boshladim. O'tirgan joyim ham aksiga olib, yo'lakka yaqin edi. O'tgan-ketganlar ko'rib qolmasin, deb ko'z yoshlarimni kaftimni ichiga arta boshladim. Yonimda ro'lomcham ham yo'q. Shu payt kutubxonada tanishgan, ilohiyot fakulteti, doktoranturada o'qiydigan tanishim Hadicha meni ko'zlari qizargan holda ko'rib qoldi. "Nima bo'ldi", deb so'radi shoshib, cho'ntagidan ro'molcha chiqarib berdi, ko'z yoshlarimni artdim, gapira olmayman. Qo'limdan ushlab, shu qavatda joylashgan ayollar masjidiga bordik, qaysi kitobni o'qiyotganimni aytdim. Payg'ambarimizni hayotlaridan juda ta'sirlanganimni aytdim. Shu kundan keyin Hadicha bilan yaqin do'st bo'lib qoldik.
Dugonamni shu gapi hech esimdan chiqmaydi:

"Sizlar 70-80 yil dindan uzoq yashadinglar, balki men bu kitobni bir necha marta o'qigandurman, lekin hech senchalik ta'sirlanib yig'lamagandim. Sizlardagi iymon hech qachon kamaymabdi, Alloh yana ham ortirsin. Men o'zimdan uyaldim, Zamira"...

"İnshalloh shundaydir", dedim men ham...

Yana bir kishini bilardim. Uydan ishga, ishdan uyga borayotgan har kuni yo'lda doimo Yosin o'qirdi...Shunday hushu bilan o'qirdiki, huddi atrofida hech kim yo'q. Juda havas qilardim....

Meni ta'sirlantiradigan voqealar aslida juda ko'p. Bazan kitob o'qimasam ham oniydan xayolimga kelgan voqealardan o'zimdan-o'zim yig'lagan paytim ko'p bo'lgan.

"Men Bilol" degan kitobda Haz. Bilolning toshni ostida qolib, o'zlari bilan o'zlari gaplashgan hollari meni har doim hayajonlatiradi...

Qayd etilgan


Shokir63  05 Aprel 2010, 21:25:24

Kapalak opa, Akbarjon, braupov, Habib, Ruzibaev, Shokir63 va Ziyovuddinga:
Siz so'nggi marta o'qigan, yoki eshitib ta'sirlangan voqea qaysi bo'ldi?

Savol uchun tashakkur.

Avvalo shuni aytishim kerakki, tabiatan juda ham tasirchanman, yani men tasirlangan voqea-hodisalar boshqalar uchun oddiy tuyulishi mumkin. Hazrati Muhammad (s.a.v.) haqlaridagi voqealarni o'qishim bilan yelkalarim titray boshlaydi, oxirgi marta tasirlanginim esa bugun siz (AbdulAziz) kiritgan Haqiqiy tolib hikoyasi, Hazrati Hanbalga qilingan aziyatlarni oldin ham o'qigandim, bugun u azoblarni eslab yana ko'nglim buzildi, ko'rib turganingizdek ba'zan voqea boshqa yerda qolib, boshqa narsalarni eslab ta'sirlanaveraman.

O'tgan kun tralesbusda juda ham mast odam o'z-o'ziga gapirib borardi, uni ko'rib juda ham achinib ketdim, Allohim bularni o'zing hidoyat et dedim, shu payt birdaniga xayolimga Hazrati Rasululloh keldilar, Sarvari olam jahanamni aynal yaqiyn ko'rgan edilar, qabiladoshlarining, yaqinlarining kufrda yurganini har kun ko'rardilar bunga qanday chiday oldilar ekan deb o'yladim, Rasululloh doim doim duo qilganda yig'lar edilar, bizning bugunki holimizning ham nasibasi bordir balki u ko'z yoshlardan.

Qisqasi forumda oxirgi ikki kun ichida postlarni o'qir ekanman juda ham ko'p tasirlandim, Saodat asri voqealari-yu Kapalak opamizning "qirg'iz noni" to'g'risidagi hikoyalari kabi voqealar  meni juda tasirlantirdi.

Uyda o'qigan kitobim ko'proq ilmiy bo'lgani uchun, u ruhimga unchalik ham xitob qilgani yo'q.

Qayd etilgan


Habib  06 Aprel 2010, 16:44:49

Kapalak opa, Akbarjon, braupov, Habib, Ruzibaev, Shokir63 va Ziyovuddinga:
Siz so'nggi marta o'qigan, yoki eshitib ta'sirlangan voqea qaysi bo'ldi?
Hazrati Ali  (k.v.) Rasululloh  :sw: dan rivoyat qiladilar: "Ikkita hislat borki,sizlarga ular tufayli zarar yetishidan havfdaman:kibru-havoga ergashish va orzu-havasga berilish. Kibru-havoga ergashish-Haqdan to'silish,orzu-havasga berilish esa dunyoni yahshi ko'rishdir.Ogoh bo'ling! Alloh Taolo dunyoni suygan bandasiga ham,suymagan bandasiga ham beradi. Iymonni esa faqat suygan bandasiga ato etadi. Esda tuting! Dinning ham,dunyoning ham farzandlari bor. Sizlar dunyo farzandi emas, din farzandi bo'linglar! Bilingki, dunyo sizlarga orqa o'giruvchi, ohirat esa peshvoz chiquvchidir. Ogoh bo'ling! Bu kun amal kuni,unda hisob yo'q.Yana ogoh bo'linglarki,hisob kuni yaqin,u kunda amal qilish yo'q!"

Qayd etilgan