Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267169 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 214 215 216 217 218 219 220 221 222 223 224 ... 270 B


UzMuslim  10 Avgust 2010, 18:04:13

VaAleyKum Assalom.
Assalamu Aleykum..
 :bsm:
1.Aniq Eslay Olmayman,Lkein aniq esimda BU Maktabning Ilk yillari edi
     2.Ilk martda Ro'za tutgan Paytimda adhasmasam 3sinfda Edim Ayam Saharlikga turishganida Man Ham Turib Olib MAn Ham  Ro'za Tutaman Bugun Degan edim.O'sha Kuni Ro'zani To'liq Ado etganman,LEkiN UYga Kelib Saharlik Paytida Ayamlarga Etgan Gapim Hamon Qulog'imda Jaranglaydi."Aya Ro'za Tutish ham Qiyin Bo'larkan,a Degandim"
3.Bir martda Esimda Ro'za Tutgan paytimda Juda ham Qattiq Boshim Aylaniob Ko'chada Yeqilib tushganman,Shunda Kimdur Suv berilar suv Berilar deb Manga Suv Ichirib Yuborgan edi...
    4.Saharlik Hamda Iftorlik,Taroveh Namozlarida Birinchi Safda Turushlik//
5.Albatta Ilk tarovihga MAni Tog'am Olib Chiqgan Edilar,To'risi Unda Adashmasam 3sinf edim,Maktab payti edi,Tog'a Man Ertaga Maktabga Borishim kereg Vaxli Uxlashim kereg deb Vaxli Qaytib Kegandim.. :7
           6.Ha Yoshlikda Haqiqatdan Ham Eshikma eshik Yurub Ramozon Aytganlarimiz,Maktabda Ro'zador Bo'lib 6soatlab Futbol O'ynagan Paytlarimiz..
7.Albatta Bugungi KUnda Bunaqa Odamlar Juda haM KO'payib Ketgan Allohning O'zi Insof Bersin Ularga,Faqat Shunaqa Jaxlini Chiqaradigan Narsa Hozirda Ko'pchilik Ro'zani Hurmat qilmay Qo'yganlar,Hop Man Bozorda Turaman har Hil Odam Keladi Ro'za Paytida Qo'lida Suv IChib Yurishadi,Yana Oldimga Kevolib Anuvi Nech Pul Manuvi Nech Pul deb Sigaret Tutaib Turishadi,.Bunday Holatlarga Yig'lash kereg Do'stlarim Kulmoqlik emas Hayrullo aka Juda Ham To'ri Aytishgan. hatto Ramzon Oyi Hurmatidan Jug'utlar ham Joyiga qo'yar ekan Hatto O'zimizda Yashashdigan Bazi BIr Ruslar ham Hurmat qilishadi,Bir Jug'ut Doim Ko'chaga Yuradigan O'gliga Shunday Derkan Har Ramazonda "Og'lim BU OY Musulmonlarda Ramazon Oyi Ular Ro'zador Bo'lishadi,Ko'chada Bron bir Narsa yeb Yoki Chaynab Yurmagin Ularni Behurmat qilgan Bo'lasan."Nahotki Bizda mana shundey Deydigan Odam Yo'q..Bu Juda ham Achinarli Hol.

Alloh Sizlardan Rozi Bo'lsin..

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2010, 14:28:51

Assalamu alaykum!
Mana, yana bir necha soatlardan so'ng qalblarimizga sakinat, xotirjamlik, yuzlarimizga tabassum keltirib, muborak Ramazon oyi xonadonimizga tashrif buyuradi.
Ushbu muborak ayyom bilan barchangizni tabriklayman.

Mana shu Ramazon xotiralari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lib, sizga savollarimni taqdim etsam. Istagan user unga javob berishi mumkin:

1. Ilk marta ro'za tutganingizni eslay olasizmi?

2. Yoshlikdagi ilk ro'zangizni qachongacha tutgansiz? (Odatda yosh bolalar saxarlikka turib olishadi-da, so'ng ertalabdayoq ro'zalarini ochib yuborishaveradi. Keyin iye, ro'zangiz ochilib ketdi-yu, desangiz, "iii bilmappan" deb afsus qilishadi : )

3. Shukrki, bizning davrimizda ro'zani majburlab ochirib yuborishlar bo'lmadi. Biron sabab bilan ro'zangini ochib yuborgan paytlaringiz bo'lganmi?

4. Ramazon kirishidagi eng fayzli daqiqa siz uchun nima?

5. Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi? Qizlarga: Siz tarovih namozi o'qiganmisiz?

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi?

7. Ro'zani hurmat qilmaydigan "musulmon"larga qanday munosabatda bo'lgansiz?


Ushbu savollarga avvalroq berilgan ba'zi ibratli, qiziqarli javoblar:

Assalomu alaykum. Ilk namozni boshlashimga dadamlar sababchi bo'lganlar. U paytlar juda yosh edim. Mendan 3 yosh katta akam bir qorining uyida tahsil olardi. Negaligini bilmadimu, meni yuborishmagan. Ramazon oyi kirganda dadam menga taroveh namozida o'qiladigan "Subhana zil val malakut...." deb boshlanuvchi duoni o'rgatdi. Namozni to'liq bilmasamda, u kishi bilan masjidga chiqardik. Namoz harakatlarini qilardim va bilgan narsalarimni o'qir edim. Yuqoridagi duoni yodlab olganimdan so'ng dadam menga ertaga shuni jamoatda o'qib berasan dedilar. Men quvonib ketdim. Astoydil tayyorlandim. Nihoyat ertasi kuni kechqurun tarovih namoziga chiqdik. O'sha duo o'qiladigan paytda men ovozimni baland qo'yib duoni o'qiy boshladim, qalbimda o'zgacha bir rohat bor edi. Keyin o'ylab qarasam bunday rohatni boshqa topa olmasam kerak. Nihoyat namoz ham tugadi. keyin bilsam, men duoni o'qishni boshlashimdan avval imom boshqa kishiga o'qishni imlagan ekan.  Menga bu haqda aytishganida ozgina qizarib ham ketdim. Ammo ular meni oz-moz maqtashdi ham. Lekin orada uzoqlashish payti ham bo'ldi yaqin 7-8 yil namozni umuman o'qimadim. Va nihoyat 7-sinfda o'qib yurganimda Gimnaziyamizning yotoqxonasida 3-4 kishi namoz o'qiy boshladik, 1 oy o'tar o'tmas, direktorimiz bilib qolib, buni ham ta'qiqlab qo'ydi.... Lekin men har hafta uyga kelganda namoz o'qishni davom ettirdim. Maktabni bitirgandan so'ng Allohga shukr namozlarni o'qib kelmoqdaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2010, 14:29:08

Lekin yoshligimda bir ajoyib qiziq voqea bo'lgan Ramazon bn bog'liq.
Hali juda kichkina edim. Dadam bn ayamga qiziqib ro'za tutdimu, peshinga borib qornim ochqab ketdi.
Uni ustiga bozordan chiroyli turshaklar ob kelib, qurisin dib katta idishga yoyib qo'yishganakan.
Yosh bola emasmanmi, nafsim ustunlik qilib bitta turshakni olib chishlab oldim.  ;D
Kn hech kim ko'rmayabdimikin deb qarab, yana qolgan yarmini yeb oldim.
Shomda esa hamma bn yana birga iftor ham qildim.  :D

Har Ramazonda nimagadur shu hotiram esimga tushaveradi... :)

Ramazonda qizlar guvalashib uyma uy yurib "ramazon aytib keldik..." dib boshlab qolardik. U paytda odamlar ancha mehrli bo'lgan bo'lsa kerak, har kuni aytib chiqsak ham rusmi, tatarmi, armani, azarbajonmi, o'zbekmi kulib bizlarga shirinlik, pul va hokzaolar ulashardi. Biz esa bundan bolalarcha hursand bo'lardik. :)

10 yoshlarimda bo'lgan edi bu voqea.
U vaqtlarda qishda kelardi Mohi Ramazon. Men bir ikki dugonalarim bilan saharlikdan keyin Qur'on o'rganish uchun uyimizdan ikki uch eshik naridagi ustoznikiga chiqardik.U paytlarda ilm olish u yoqda tursin namoz va ro'za kabi iboidatlar ham yashirincha qilinardi. Buvim rahmatlini avvalgi Islom dini va muslima ayollar haqidagi hikoyalarini eshitib, ayollarni paranji o'rab yurganliklarini aytganlaridan keyin bu narsa menga juda yoqib qolgandi. U paytda esa bu narsalarni farz ekanligini ham bilmasdim. O'zim shunchaki qiziqardim shunday yurishga. Bir kuni saharlikdan keyin paltoni kiydimda uydan chiqdim. Yuzini to'sib yurgan ayollarni o'zimcha tasavvur qildim-da, paltoni yechib boshimga tashladim, astar tomonini yuzimga yopib usti tomonini orqamga tashladim, kitobimni ichimga tiqdimda, o'rtog'omni chaqirish uchun ularni hovlisiga kirib bordim. O'rtog'imni 70-75 yoshlardagi buvisi bor edi. U kishi tahorat olish uchunmi, tashqariga chiqqan ekanla. Men eshikdan "Muyassar, hoy Muyas", deb chaqirib kirib borganimni bilaman, buvisi meni ko'rib dod deb o'zini tashlab yuborsa bo'ladimi.  :(  (Qorong'uda juda g'alati ko'ringan bo'lsam kerak-da)
Birdaniga qiy chuv bo'lib ketdi, bittasi menga yopishga, boshqasi buvi bechorani ko'targan. O'zim ham juda qo'rqib ketgandim. Ota-onamdan rossa gap eshitgandim. Shundan keyin onam har doim chiqib ketishimdan ustoznikiga yetib kirgunimcha orqamdan kuzatib turadigan bo'lgandila...
Hozi butun qo'shnilarimiz bilan shu hodisani eslab qotib-qotib kulamiz...

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Avgust 2010, 20:22:56


1. Ilk marta ro'za tutganingizni eslay olasizmi? Aha birinchi Sinifa tutganman, oldinlari iftorlik 5 lada 6 lada bo'lardi oshanchun uncha qiyin bo'magan.

2. Yoshlikdagi ilk ro'zangizni qachongacha tutgansiz? (Odatda yosh bolalar saxarlikka turib olishadi-da, so'ng ertalabdayoq ro'zalarini ochib yuborishaveradi. Keyin iye, ro'zangiz ochilib ketdi-yu, desangiz, "iii bilmappan" deb afsus qilishadi
-Hm.. Yoshligimda Uch to'rt kun to'liq ro'za tutganman, lekin Har yili ro'za tutardim bir yarim kun bosayam.

3. Shukrki, bizning davrimizda ro'zani majburlab ochirib yuborishlar bo'lmadi. Biron sabab bilan ro'zangini ochib yuborgan paytlaringiz bo'lganmi?- Albatta bo'gan, yoshligimda Saharga turvolib ro'za tutaman dib bostirib ovqatlarni yegandim. Kiyin ertalab tursam Adam Rahmatli M&M ob kegan ekanla o'shani bittasini yiman bo'ldi boshqa hech narsa yemiman dib hammasini yeb qo'yganman..

4. Ramazon kirishidagi eng fayzli daqiqa siz uchun nima? Hm.. YAxshi sovol bo'bti, ro'za ochilib bo'gandan kiyin Hamma yeyish bilan tushib ketganidan ovoz ham chiqmiydi o'sha paytda kulgim keladi doim..

5. Ilk tarovih xotiralarini eslay olasizmi? Qizlarga: Siz tarovih namozi o'qiganmisiz? Tarveh Namozini o'qiganman masjida mas paqat.

6. Ramazon, ro'za bilan bog'liq qiziq xotiralarni eslay olasizmi? Aha eslay olaman. etganimde birinchi sinifda ro'za tutgandim, kiyin maktabga kech borgandim.. HILOLA nega kech qoldin qara soat 10 bo'bti yana bir soatdan kiyin dars tugiydi-ku digandila o'qtuvchiim kiyin manam Ustoz ro'za tutganman o'shanchun kech qoldim disam, Kiyin Jovohir digan bola MANAM Ro'za tutganman ustoz digandi- ichimda- Yaramas jovohir dib qo'ygandim.

7. Ro'zani hurmat qilmaydigan "musulmon"larga qanday munosabatda bo'lgansiz?
hm.. o'zlari bilishadi, Hammani go'ri Alohida.

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Avgust 2010, 22:42:55

Assalomu alaykum. Savol barcha "Ola xurjunli" yigitlarimizga:
Kelinoyimiz "forumizga manam kiraman" desala, sizning javobiz?

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Avgust 2010, 00:16:10

Assalomu alaykum. Savol barcha "Ola xurjunli" yigitlarimizga:
Kelinoyimiz "forumizga manam kiraman" desala, sizning javobiz?
Agar erke bo'ganimda hotinmga Balo bomi forumda, Qaysi odami hotini porumga kirvotganakan digan bo'lardim uzur sovol erkelaga edi babir jovob bera qoldim

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Avgust 2010, 03:02:10

Assalomu alaykum. Savol barcha "Ola xurjunli" yigitlarimizga:
Kelinoyimiz "forumizga manam kiraman" desala, sizning javobiz?

Bismillohir rohmanir rohim!

Savol uchun rahmat.

Agar kelinoyingiz forumga man ham kiraman desa, marhamat kiring deb ruxsat beraman (albatta menga yoqqan, men ro'yxatdan o'tgan forumlarda). Mobodo bunaqa forumlarga hali beri tashrif  buyurmagan bo'lsa, yuring bir aylantirb kelay deb to'g'ri mana shu yerga olib kelaman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  13 Avgust 2010, 03:46:19

Assalomu alaykum. Savol barcha "Ola xurjunli" yigitlarimizga:
Kelinoyimiz "forumizga manam kiraman" desala, sizning javobiz?
Agar erke bo'ganimda hotinmga Balo bomi forumda, Qaysi odami hotini porumga kirvotganakan digan bo'lardim uzur sovol erkelaga edi babir jovob bera qoldim
Rahmatning yonida "malladddess" degan tugmacha böganda bitta mandan bölardi hoz, Balli qiz, eeey BelleQiz ;-)

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Avgust 2010, 04:52:16

Assalomu alaykum. Savol barcha "Ola xurjunli" yigitlarimizga:
Kelinoyimiz "forumizga manam kiraman" desala, sizning javobiz?
Agar erke bo'ganimda hotinmga Balo bomi forumda, Qaysi odami hotini porumga kirvotganakan digan bo'lardim uzur sovol erkelaga edi babir jovob bera qoldim
Rahmatning yonida "malladddess" degan tugmacha böganda bitta mandan bölardi hoz, Balli qiz, eeey BelleQiz ;-)
rehmet rehmet  ;D ;D ;D ;D ;D ;D

Qayd etilgan


JaviK  13 Avgust 2010, 07:39:54

To beleqizchaga. Forumga kirishdan maqsadiz ne.

Qayd etilgan