Abu Muso aka, AbdulAziz, Chustiy, Chehmik, Titan-Uz, Ziyovuddin, Abdulhafiz, Habib, Javik, braupov, Zero Hiro (ibrohim yaxshi edi), shokir, AL_laziz87, Mirolim, Marg'iloniy, Shohruh Mirzo va javob bermoqchi bo'lgan barcha yigitlarga savol?
Aytaylik sizdan kichkina ukangizni kayfiyati yo'qroq edi, keyin majburlab so'rab bildingizki ukangiz juda katta miqdorda davlatdan qarz (kredit) olib to'lay olmabdi. Agar vaqtida to'lamasa jiddiy jazosi bor. Allohni o'zi asrasin! Siz shunday holatda nimalar degan, nimalar qilgan bo'lardingiz?
Avvalo, qarzdan Alloh asrasin. Qarzdorlikdan asrasin. Qarzi bor odamning na dunyodan, na dindan halovati bo'ladi.
Avvalo men davlatdanmi, boshqa shaxsdanmi xoh ukamga bo'lsin, xoh do'stimga kredit olishni maslahat bermagan bo'lardim. Chunki ko'pincha bunday vaziyatda foiz aralashadi va oluvchi insonga qarzni to'lash mobaynida og'irlik kelishi mumkin.
Lekin Alloh asrasin, shunday vaziyat bo'lib qolsa, biron ko'chmas mulkni sotib bo'lsa-da, qarzdan qutulishga harakat qilardik.