Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1267077 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 219 220 221 222 223 224 225 226 227 228 229 ... 270 B


yoqutxon  19 Sentyabr 2010, 11:28:34

:as:

Dil ba yoru, dast ba kor... Baxovuddin Naqshbandiyning so'zlarimasmidi?
Assalam aleykum. Dil ba yoru, dast ba kor yani ''Diling Ollohda, qo'lling ishda bo'lsin''. Baxovuddin Naqshbandiy taraflaridan aytilgan dono so'zlardan menga eng yoqgani

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  19 Sentyabr 2010, 12:53:45

:as:

Abu Muso aka, AbdulAziz, Chustiy, Chehmik, Titan-Uz, Ziyovuddin, Abdulhafiz, Habib, Javik, braupov, Zero Hiro (ibrohim yaxshi edi), shokir,  AL_laziz87, Mirolim, Marg'iloniy, Shohruh Mirzo va javob bermoqchi bo'lgan barcha yigitlarga savol?

Aytaylik sizdan kichkina ukangizni kayfiyati yo'qroq edi, keyin majburlab so'rab bildingizki ukangiz juda katta miqdorda davlatdan qarz (kredit) olib to'lay olmabdi. Agar vaqtida to'lamasa jiddiy jazosi bor. Allohni o'zi asrasin! Siz shunday holatda nimalar degan, nimalar qilgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.

Savol uchun rahmat.

Bunday voqea meni boshimdan o'tdi yaqin kunlarda...

Faqat ukam emas, akam edi.

ALLOHimning bir sinovida, akam uchun ALLOH yo'lida pul mayli jonim fido bo'lsin...

Qayd etilgan


Foniy  20 Sentyabr 2010, 11:32:44

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)

Qayd etilgan


yoqutxon  20 Sentyabr 2010, 12:43:07

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)
Assalam aleykum.Bunday holatga adashmasam 2 yillarcha oldin guvoh bo'lgandim. Tush payti edi. Uyni ichkarisida edim. Men o'tirgan hona derazasining tashqari tarafiga chumchuq in qurib, polopon ochgandi. Shunaqilib birdaniga chumchuq shunaqa chug'urlashni boshladi.Birozdan keyin nima bo'ldi ekan deb hovliga chiqsam, bitta poloponi inidan tushib ketgan ekan.Chumchuq esa uni yonida girdi kapalak bo'p ovozini boricha chug'urlardi. Keyin poloponi olib iniga solib qo'ygandim. Chumchuqning bu chug'urlashlari ham menimcha o'ziga yarasha yig'lash bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Abu Muso  20 Sentyabr 2010, 14:10:45

Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz?

 :as:

Bolalik vaqtimda qishloqda xolamlarnikida kanikulimni o'tqazardim...

Bir borganimda, xolamning sigiri tuqqanu buzoqchasi o'lib qolgan

ekan. Bolasi o'lgani uchun sog'dirgani qo'ymas ekan. Shunda o'sa

buzoqchani terisiga somon tiqib, sun'iy buzoqcha (mulyaj) yasab

olishgan edi. Har safar sog'ishdan oldin shuni olib kelib sigirga

ko'rsatishar, undan keyingina soqqani qo'yar edi. Lekin toki sog'ib

bo'linguniga qadar, sigirning ko'zidan duv-duv yosh to'kilardi...

Ana o'shanda ko'rganman hayvonning ham yig'lashini... :(

Qayd etilgan


ibrohim  20 Sentyabr 2010, 14:32:33

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)


eh, bu savol bir narsani yodimga tushirib yubordi....

Kichkinaligimda qishloqda sigir boqardim... Bir mahal deng,sigirimiz yo'qolib qoldi, kechgacha izlab topolmadim, rosa qiynaldim. Keyin kechqurun o'zi keldi uyimizni topib. Bir odamning bog'iga kirib rosa to'yib kelibdi.

Shunda, achchig'im chiqib mani rosa qiynagani uchun bitta qalin arqonni olib rosa urganman, kallasiyu ko'zlari qolmagan , qo'limdan arqon chiqib ketganda oyog'im bilan tepa boshladim, hech qaysi joyi qolmadi tepki tegmagan. Shunda sigirim baqirvordi o'zim ham cho'chib ketdim qarasam ko'zidan yum-yum yosh oqmoqda , keyin indamadi...

Bir kun uzoq muddat boshqa shaharga ish bilan ketganimda uydagilar bilan telda gaplashganimda "sigirimiz o'lib qoldi " deyishgan rosa yig'ladim,  shunda tushungandim o'shanda bekorga urgan ekanman deb, bechorani ertasiga ko'zi ko'r bo'lib qolgan edi....

p.s. uzr ehtiroslarga berilib ketibman.....

Qayd etilgan


Habib  20 Sentyabr 2010, 14:50:00

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)
Bu holatning guvohi bo'lgan bo'lsam ham e'tibor bermagan bo'lsam kerak.
Lekin bir bo'lib o'tgan voqeani onam aytib beradilar ko'pincha.
Ancha yillar avval, onam ham yosh bo'lgan ekanlar. Uzoq qarindoshlari mushuk boqar ekan. Shu mushukni ko'pchilik biladi, go'sht yeb yo'qadigan odati bor. Bir kuni oshxonasiga kirib go'sht yeyayotganda ko'rib qolgan, tuta olmagan, mushuk qochib ketgan. Shu holat 1-2 marta yana qaytarilgan. Oxiri shu mushukni tutib olib uyning egasi boltada 2 qo'lini chopib tashlagan...
Homilador xotinini ko'zi yoriganda esa qo'li yo'q farzand ko'rgan ekan.
Eslaganim shu.

Qayd etilgan


UzMuslim  20 Sentyabr 2010, 21:59:06

:as:

Abu Muso aka, AbdulAziz, Chustiy, Chehmik, Titan-Uz, Ziyovuddin, Abdulhafiz, Habib, Javik, braupov, Zero Hiro (ibrohim yaxshi edi), shokir,  AL_laziz87, Mirolim, Marg'iloniy, Shohruh Mirzo va javob bermoqchi bo'lgan barcha yigitlarga savol?

Aytaylik sizdan kichkina ukangizni kayfiyati yo'qroq edi, keyin majburlab so'rab bildingizki ukangiz juda katta miqdorda davlatdan qarz (kredit) olib to'lay olmabdi. Agar vaqtida to'lamasa jiddiy jazosi bor. Allohni o'zi asrasin! Siz shunday holatda nimalar degan, nimalar qilgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.
Man Ham Oilada BItta O'gilman Shuni Uchun Bu Savolga Faqat Faras qilib Javoob beraman.
Albatta Bunday Holatga Tushub Qolsam Iloji Boricha Buni Birgalikda Hal etishga Harakat Qilaman..Agar O'zimda ham Bunday Mablag' topilmasa Dostu Brodarlardan So'rab Bo'lsada Ulamni Og'irini Yengil Qiligan Bo'lardim..

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)
Bunday Hollarni Ko'p Ko'rganman,Ulardan BIri O'tgan Yili Qurbon Hayitda O'z Qo'lim bilan,Qo'yni Bo'gizlagan Edim.Shu Paytda Pichoqni Bo'gizlashdan Oldin Qo'yni Ko'zlaridan Yosh Oqa Boshladi,Ichim G'alati Bo'liB KEtdi Lekin O'ylaganim Bu Quvonch Yoshi Bo'lsa Kereg deb O'zimi Ovuntirdim..

Qayd etilgan


Hadija  21 Sentyabr 2010, 14:18:43

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)

Ха ёшлигимда рекс деган итимиз буларди мошина авариссидан кейин каттик шомоллаб колганида улишидан олдин йиглагинини курганман.

Qayd etilgan


Dilafruza  21 Sentyabr 2010, 14:42:01

Assalomu alaykum!
Hayvonlarning yig`laganini ko`rganmisiz, guvohi bo`lganmisiz? (Savol g`alatiroq bo`lsa, uzr sorayman!)
 
Kichkina edim ko'chada o'rtoqlarim bilan ketayotsam, bir lo'li eshagini uraverib hatto terisi shilinib ketgan edi, qamchi (bilmadim nima deyishni) bilan urib izlari qolgan eshak bechoraning hammayog'i qon edi. shunda uning ko'zlaridan aniq va tiniqqina ko'z yoshlarini ko'rganman. To'g'ri eshak farosatsiz bo'lsihi mumkun, lekin bu  uni o'lguday urish kerak degani emas-ku!

Qayd etilgan