901. Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar hammangiz masjidlaringizda to'planing, qaysiki masjidda qavm to'la ravishda to'plangach, meni chaqi-ringlar", deb marhamat qildilar. Bizning masjidimizda birinchi bo'lib qavm to'plandi. Rasululloh (s.a.v.)ni taklif qildik. Ul zot kelib o'tirishlari bilan bir kishi: "Allohga hamd aytamiz, ammo bu hamd uchun na oldimizda bir maqsad bor, na ortidan keladigan bir manfaat bor", dedi.Rasululloh (s.a.v.) uning bu gapidan ozorlanib, mas-jiddan o'sha zahotiyoq chiqib ketdilar. Biz ham xafa bo'lib bir-birimizga qarab qoldik. Bildikki, Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir masjidga ketganlar, ortlaridan izlab bordik va bir masjidda o'tirganlarini ko'rib, biz.ham o'sha masjidga kirib o'tirdik. "Istaganini oldiga, istaganini ortiga qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin, haqiqatda jozibador so'zlar bor", dedilar Rasululloh (s.a.v.). So'ng bizlarga haqiqatdan ta'lim berdilar.