AbdulAziz:
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
Jalol Ahmad:
Rasululloh SAW Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)
Muhseena:
O'tkinchi dunyoga yor qilma Alloh!
Insonni insonga zor qilma Alloh!
Yo'llar tor,dillarni tor qilma,Alloh!
Daraxtni beshik qil,dor qilma,Alloh!
Xor qilma,xor qilma,xor qilma Alloh!
Abdusalom:
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.