Osh haqida qancha gapirsak shuncha oz. Oshimiz hoh Andijon, hoh Toshkent, hoh Buxoro oshi bo'lsin, Turkiyada asosan "O'zbek pilavı" ismi bilan tanilgan. "O'zbekistonlikman", deyishim bilan "Haa O'zbek pilavı" deyishganini ko'p eshitganman:) İstambulda o'qir ekanmiz, O'rta Osiyoning Turkiy Jumhuriyatlaridan kelgan talabalar orada osh qilib turishardi, Turkiyalik yoki boshqa yerdan bo'lgan talabalar, bu qayerni palovi, deb so'rashardi. Ular bo'lsa, Qozoq pilavi, Qirg'iz pilavı, vhk. deb javob bersihardi. Men esa, nimaga yolg'on gapiryabsizlar, O'zbek palovi-ku der qizishib ketardim:) Ashulachi Shoxsanam ham orada bazi tv kanallarida chiqib Xorazm usuli osh qilib turardi. O'zbek palovini Turkiyada tanitishda qo'lidan kelgancha foydali bo'ldi, sog' bo'lsin. Men ham juda ko'p yerda osh qildim. Bir kun İstambulda o'qiydigan talabalar yig'ilib, osh qildik. Mehmonlarimiz Yaponyadan, Turkiyaning farqli viloyatlaridan, Mo'g'olistondan kelishgan talabalar. Men Andijon usuli, Toshkentlik ukalarimiz Toshkent usuli osh qildik. Butun oshlar juda shirin bo'ldi.
Menimcha bir ovqatni shirin qilgan sabablardan biri, qanday o'rtamda, kim bilan birga yeganimiz bo'lsa kerak. To'y oshini maqtaymiz, lekin janoza chiqqan uyda yeyilgan oshni hech kim maqtamaydi.
Pastdagi rasm, Navro'z kunida qilingan oshlardan biri ekan:)