Ilm va ziyo > Ma'rifat

Testlar: O'zbekiston tarixi

(1/150) > >>

muxbir:
ILK O‘RTA ASRLARDA VATANIMIZNING IJTIMOIY-SIYOSIY,
IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI
1. Qadimgi Turon diyorida yuksalish qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda boshlangan edi?
A) Eftallar davlati va Turk xoqonligi
B) Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari
S) Xorazm va Qang‘ davlatlari
D) Qang‘ davlati va Kushon podsholigi

2. Ilk o‘rta asrlarga o‘tish davrida Turon zaminida ro‘y bergan dehqonchilik yutuqlarini aniqlang.
1) sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi; 2) dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 3) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga chiqarila boshlandi; 4) suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalaklar kabi suv inshoatlari kashf etildi; 5) qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi; 6) dehqonchlikda uch dalali almashlab ekishni joriy etilishi; 7) g‘allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi; 8 ) davlatning tashkil topishi xom ashyo yetkazuvchi qishloq xo‘jaligining o‘sishi bilan bo‘g‘liq bo‘lib qoldi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 5, 7
S) 1, 4, 5, 7
D) 1, 2, 6, 8

muxbir:
3. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi?
A) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmand-chilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida
B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida
S) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida
D) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida

4. Ilk o‘rta asrlarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi?
1) yirik o‘rta asr davlatlari shakllana boshladi; 2) ziroatkor maydonlarga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshladi; 3) sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari vujudga keldi; 4) o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi; 5) xalqlarning buyuk ko‘chishlariga olib keldi; 6) ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholinining o‘troq hayotga o‘tishining kuchayishi; natijasida obikor yerlaga bo‘lgan muhtojlik oshib bordi; 7) ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi; 8) katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi.
A) 2, 4, 6, 8
B) 1, 3, 6, 8
S) 1, 2, 4, 6, 7, 8
D) 1, 3, 5, 7

muxbir:
5. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida
B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida
S) chorvadorlarning ko‘psonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida
D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi

6. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olar edilar. Bu yo‘l bilan ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lardilar?
A) barcha sug‘orish inshoatlarini egasi bo‘lish
B) suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq ziroatkor mehnatkashlarining yerlariga yetarlicha suv yetkazib berish
S) dehqonchilikda faqat o‘zlari uchun suvdan bemalol foydalanish
D) suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish

muxbir:
7. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar qishloqlarda o‘z ta’sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. O‘sha zamonda ular nima deb atalgan?
A) kashovarzlar
B) kadivarlar
S) dehqonlar
D) ziroatkorlar

8. Ilk o‘rta asrlarda kimlar to‘g‘on boshi atrofidan o‘ziga tegishli yer maydonlarini ajratib olib, suv taqsimotini nazoratga olishi natijasida qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan?
A) ixshidlar
B) kashovarzlar
S) kadivarlar
D) sarkorlar

muxbir:
9. Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan aholi tabaqasining yuqori vakili ko‘rsatilgan?
A) qishloq oqsoqoli
B) kadivar
S) chokar
D) dehqon

10. "œUlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do`kon-u rastalaridan iborat kattagina xo`jalikka ega edilar, qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi". Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub?
A) urug‘ va qabila boshliqlari
B) kadivar
S) dehqon
D) kashovarzlarlar

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version