O'lim haqligini bilamiz, ammo biz qaysi holatimizda olamdan o'tamiz?
Biz masalan:
1. Hech qanday yaxshi amal qilmasdan, hattoki hech qanday yaxshi amal qilishlikka niyat qilmasdan olamdan o'tamizi? O'lim kelganida esa "Ey Robbim, meni dunyoga qaytar, men qilmagan yaxshi ishlarni qilay" deymizmi? Yo'q, haqiqatda esa, o'lim keldimi bu dunyoga qaytish yo'q!!!
2. Biz juda ko'plar boylik, mol, unvon to'plab... Alloh aytadi: "(Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) o'g'illarini, xotini va birodarini, uni o'z panohiga oladigan qarindoshini va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar. Yo'q! Axir, u do'zaxdir" (70. Al-Ma'arij surasi 11-15-oyatlar). Shu mol, unvon, boylik to'plab vafot etib, Alloh taolo shu oyatda tasvirlagandek bo'lishni xohlaymizmi?
Alloh taolo yana aytadiki: "Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa, va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam! Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa! Menga mol-mulk ham asqotmadi. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi". "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar! So'ngra uni olovda toblanglar! So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!" Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir" (69. Al-Haqqah surasi 25-35-oyatlar).