Homila tushirilishi sababli lozim diyyat kimlarga beriladi?
Avval shuni aniqlab olaylik, homila tushishiga sababchi bo‘lgan ya’ni, shu jinoyatni sodir qilgan kimsa, xoh shu homilaga sohib onaning o‘zi bo‘lsin, diyyatiga voris bo‘lolmaydi.
Hanafiy, shofe’iy, hanbaliy mazhablariga ko‘ra, olingan diyyat homila vorislariga faroiz usuliga ko‘ra taqsim etiladi.
Imom Molik hazratlariga ko‘ra, olingan diyyat faqat bolaning onasiga beriladi. Imom Lays ham shu qarash tarafidadir.
Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun alohida diyyat lozimdir.
2 — Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir.
Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir.
3 — Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo berilmaydi.
4 — Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi.
5 — Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi.