AbdulAziz:
Ha, qo`yiladi haliyam, o`sha bema'ni, odamlarning vaqtini, qalbini, iymonini o`g`irlaydigan, hayosizlikka, xiyonatga chorlovchi Amerika seriallari hali hamon ekranlarimizda!!!
Ikkala kanaldan ham qo`yiladi. Ko`rishga, hatto reklamasini eshitishga ham toqatim yo`q. Mayli, hozir TV-programmadan ko`rib bilib beraman:
1. "O`zbekiston" kanalidan dushanba, seshanba, chorshanba. payshanba kunlari 9.30 da "Begona" serialini qo`yisharkan.
2. "O`zbekiston" kanalida shanba kuni "Sevgi tilsimi" serialini qo`yarkan.
3. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 8.30 da "Muhabbat mojarosi" seriali qo`yilarkan.
4. "Yoshlar" telekanalida haftaning 5 kunida 22.30 da "Haqiqat chegarasi" seriali qo`yilarkan.
5. "Yoshlar" telekanalida har shanba va yakshanba kunlari 20.05 da "Mahobhorat" seriali qo`yilarkan.
6. Sport kanalida har kuni "Qaqnus" degan serila qo`yarkan.
7. TTV da har kuni "O`g`rini ushla" degan serial qo`yisharkan.