Assalomu alaykum. Bu mavzuda qardosh o'lka- Turkiyadagi muhim yangiliklar va ular haqidagi fikr-mulohazalarimizni yoritib boramiz.
2011, 19-oktyabr' kuni Hakkari viloyatining Chukurcha nohiyasida PKK terroristlari bir necha askar qarorgohiga hujum qilgan, natijada 24 askar shahid, 18 askar esa yarador bo'lgan.
Kecha esa (23-oktyabr') Janubiy Sharqdagi Van viloyatida 7.2 balandligida zilzila bo'ldi. Ohirgi xabarlarga qaraganda vafot etganlar soni 217, mingdan ortiq inson esa yaralangan. Yo'qolganlar soni ham anchagina...
Afsus, minglar afsus, bazi guruhlar tashqi dushman kuchlariga aldanib, o'zlari yashab turgan o'lkaga, uning askari, polisga dushman nazari bilan qarab, ashaddiy jon olishmoqda.
Kuni kecha 24 askar shahid bo'lgan kunlarda nima qilishimni bilolmay qoldim. Qo'lim hech ishga bormaydi, xabarlarni tomosha qilmay, desam yana ichim siqildi, nimalar bo'ldi, deb qiziqib yana ko'raman, ko'zimda yosh, ko'nglim vayron.
Bu zilzila bekorga bo'lmadi, meni ojizona nazarimcha. Bir shahid otasini so'zi quloqlarimda jarangladi: "Meni yuragimni yoqqanlarni yuragini Olloh yoqsin" iloyim...