Bizning fotogallereya  ( 1089839 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 ... 292 B


Ansora  19 Yanvar 2010, 18:43:15



Bu ziyoratgoh Naqshibandiya tariqatining Bayrammiya qo'lining asoschisi Hoji Bayrami Veli Haz-ga oiddir. Ankaraning Ulus massivida joylashgan. Bu massiv Ankaraning eng baland yerlaridan biri hisoblanadi. Shahar oyoqlaringizning ostida.
Hazratning asl ismlari No'mon. Otalarining ismlari esa Ahmad. 1352 yili Ankarada tug'ilib, 1429 yili yana Ankarada vafot etganlar. Turk mutasavvufi va shoiri.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 18:48:16



Qabrlari joylashgan xonaga kirish eshigi.
Hajı Bayramı Veli Haz-ri bilim bilan tasavvufni birlashtira olgan so'fiydir. İslom dinini ilmiy nuqtai nazardan qo'lga olib, avval madrasada Professor darajasida talabalarga ilm berganlar keyin esa hayotlarini tasavvufga ataganlar.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 18:51:33



Tasavvuf falsafasida o'zlaridan oldingilarning tushunchalariga yangilik kiritmagan bo'lsalar ham, mutasavvuf sifatida dunyoni tark etish va uzlatga chekinishning o'rniga, yordamga eshtiyoji bo'lgan insonlarga yordam qo'lini cho'zish maqsadida doimo xalq bilan yonma-yon bo'lganlar.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 18:55:02



Yozuvda "Matolarni ushlamang", deb yozilgan. Bizni xalqimiz ham qayerda ulug' zotlarga tegishli bir narsa ko'rsa darrov qo'li bilan ushlab, ko'ziga surtganday Turkiya xalqi ham shunday. Shuning uchun ogohlantirish so'zi yozilgan.

İchkarida duo o'qiyotganlarni diqqatlarni tortmaslik uchun suratga vspishkasiz oldim, shuning uchun hiraroq bo'lishi mumkin. 

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 18:58:33



Maqbaraning tepa qismi.

Hazrat yashagan davrning Usmonli podishohi Sulton Murod Xon bir farmonida Hoji Bayrami Veli va talabalarini faqat bilim bilan shug'ullanishlari uchun Davlatga boj to'lashdan va askarlikdan ozod etganligini bildiradi.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 19:07:31



Maqbara qandili. Hilollar diqqatimni tortdi...

İstambulning fath etilajagini Fotih Sulton Mehmedning otasi II chi Muroga Hoji Bayrami Veli tarafidan mujdalanganligi rivoyat etiladi...


Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 19:12:50



Bu esa Hoji Bayrami Veli maqbarasining Bag'ishlov yeri yani hoxlagan insonlar pul yoki mol berishlari mumkin.

Markaz 1948 yilda tashkil etilgan ekan.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 19:15:47



Maqbara hovlisidagi kabutarlar...

Hoji Bayrami Veli takyasida doimo qozon qaynab faqir-fuqarolarning qorinlari to'ydirilgan ekan.

Bu odat esa O'rta Osiyomizga, Ahmat Yassaviy Hazratlariga borib taqalar ekan....



Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 19:31:19



Kabutarlar insonlardan hech qo'rqishmaydi...Diqqatimni tortgan narsa shuki butun maqbaralar doimo shu kulrang kabutarlar bilan to'la...

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 19:38:41




Maqbara hovlisidagi bu eski bino Rim Davlatidan qolgan bo'lib, to 6 asrga tegishli ekan....

Qayd etilgan