mevalarni nega yeyilmasin digan sababimi, shakari borligi cuhun. parhezda bolgan odam, shuncha shakar kam yesa shuncha yaxshi.
Mevalarda tabiiy shakarlar bor, ta'siri sanoatda qayta ishlab chiqarilgan oq shakarday emas.
Mevalar tabiiy tozalovchi hisoblanadi.
Mevalar ham turli tuman, hammasiga birday xukm chiqarish to'g'ri emas. Masalan olma, nok, olxo'ri semirtirmaydi, diabetga chalinganlarga ham zarar bermaydi. Aksincha semizlikka bu mevalarning foydasi ham bor. Faqat, har bir narsaning meyori bo'lishi kerak, asalning ham ko'pi zahar deganlariday mevalarni ham ko'p yeyish turli dardlarni keltirib chiqaradi. Masalan olma ko'p yeyish boshni og'ritsa, o'rik qustiradi.
Xurmo, shaftoli, banan, kartoshkani ko'p yeyish semirtiradi.
Tarvuz esa semirtirmaydi, tarvuz ajoyib tozalovchi, ich suruvchi, siydik haydovchi bo'lib ichdagi jamiki toksinlarni tashqari sudraydi.
Yoqtirgan mevalarning tarkibini o'rganish kerak. Qaysi meva yo sabzavotlarda krahmal bo'lsa semirishdan qo'rqqanlarga tavsiya etilmaydi. Krahmal mevalardan bananda bor, sabzavotlarda esa kartoshkada juda ko'p miqdorda bor.
Men aniq ayta olaman, xurmoni hisobga olmasak xo'l mevalar bilan parhez qilgan odam semirib ketmaydi, aksincha tana tozalanib ortiqcha yog'dan halos ham bo'ladi! Chunki xo'l mevalarning tarkibining asosiy qismini suv tashkil etadi. Qand miqdori qo'rqinchli emas,
Faqat o'ta semizlargagina ayrim mevalarni taqiqlash mumkin, masalan shaftolini.
Mevalarni ham qachon yeyish kerakligini ham bilish kerak. Masalan olma, o'riklarni ovqatdan yarim soatcha oldin yeyiladi. Nok, olxo'rilarni ovqatdan keyinoq yeyilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bular hazm qilishni tezlashtiradi.
Bir narsani yodda tutish kerak, yuqorida Rabella aytganiday kunda bir bor ovqat yeyish yetarli.
Mevalardan ham ko'pam yeyaverish yaramaydi. Ibn Sinoday hakimlar kunda bir necha dona turshak yeb yashayverishgan. Qancha kam yesak organizmga shuncha foyda. Hazm qilish uchun oshqozon ko'pam qiynalmaydi, barcha a'zolarimiz harakatga tushmaydi.
Ozish uchun eng yaxshi yo'li bu ochlik! Kunda 0'5-1kg'dan ves tashlaydi, ortiqcha yog'lar shiddat bilan eriy boshlaydi. Iloji bo'lsa ochlik davrida suv ham ichmay turish kerak, ichsa ham faqat chanqaganda, og'iz yo ter quruqshaganda (aniqrog'i organizm juda suvsaganda). shunda tanamiz suvsasa yog'larimizdan suv oladi, siydik bilan chiqarib yuboradi.
Bunga misol qilib tuyani olishimiz mumkin, suvsiz qolsa yog'laridan suv olib ko'p muddat suvsiz yura oladi.
O'zimdan misol qilsam. 6 oy oldin vesim 74-76kg atrofida edi. Avval 3, keyin 7-10kunlik ochliklar qildim, vesim 60-61kg'ga bordi. Hozir normal 63-66 kg atrofidaman.
Ochlikdan chiqqandan keyin ishtaha juda kuchli bo'ladi. Ozmoqchi bo'lganlarga mana shu vaziyat juda qo'l keladi, ovqatdan tiyilib tursa yetarli, 2haftada ishtaha izga tushadi, juda xushqomat, go'zal bo'ladi.
Ko'z atrofidagi ajinlar ham yo'qoladi, ko'zlar charaqlaydi, sochlar xira bo'lsa yaltiraydi.